$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga qayta tayinlandi

13:34 / 31.01.2023

Kinematografiya agentligi direktori o‘z lavozimining vakolatlaridan foydalangan holda “Sevimli” foydasini ko‘zlab byudjetdan pul ajratgani tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisli lavozimidan ozod qilingan edi. Ammo bugun, 31-yanvar kuni Firdavs Abduxoliqov prezident qarori bilan Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga qayta tayinlandi. Xoʻsh, qaysidir amaldorni vazifasidan ozod qila turib, oradan biroz vaqt oʻtgach, u bilan bogʻliq voqealar unutila boshlagach, uni lavozimga qayta tayinlash qanchalik toʻgʻri?

O‘zi Firdavs Abduxoliqov nimada ayiblangan edi?

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi “Sevimli” telekanaliga davlat buyurtmalarini berib kelgani, shuningdek, subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining o‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning o‘zida subsidiya mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega Badiiy kengash raisi – Firdavs Abduxoliqov subsidiya mablag‘larining taqsimlanishi va kontragentni tanlash jarayonida yaqin qarindoshlari benefisiar bo‘lgan (ta’sischilari: Sharapova F.S. - Firdavs Abduxoliqovning turmush o‘rtog‘i 70 foiz, Rashidova A.F. - Firdavs Abduxoliqovning qizi 20 foiz, Abduxalikov A.F. - Firdavs Abduxoliqovning o‘g‘li – 10 foiz) “Master Media Production and Broadcast” MCHJ bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lsa-da, bu holatni bartaraf qilish choralarini ko‘rmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berishda va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan.

Masalan, 2021-yilning o‘zida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali (“Master Media Production and Broadcast” MCHJ) ishtirokida “Orzular palatasi” va “Tuzoq” seriallari suratga olingan.

Jumladan, 2021-yilning 22-fevral kuni Kinematografiya agentligi, “Master Media Production and Broadcast” MCHJ hamda “MY-FILMS” MCHJ o‘rtasida “Orzular palatasi” milliy serialini suratga olish maqsadida qiymati 3,0 mlrd so‘mlik shartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari “MY-FILMS” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari, Kinematografiya agentligi hamda “Master Media Production and Broadcast” MCHJ o‘rtasida “Tuzoq” milliy serialini suratga olish uchun 2021-yilning 18-may kuni jami qiymati 1,8 mlrd so‘mlik ikki tomonlama shartnoma (dxarid.uz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MCHJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat byudjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ha shuncha aniq dalillar bilan ishdan olingan bo‘lsa ham ya’na lavozimga qayta tayinlanishi qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini biz hal qilmaymiz. Buning javobini yaxshisi o‘zingizga qoldiramiz.



Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!