$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

MB 16 ta bankni jarimaga tortdi

15:21 / 17.11.2023

Xabar berilishicha, 2023-yil oktyabr oyida Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasining 9 ta yig‘ilishi o‘tkazilib, 30 dan ortiq masala ko‘rib chiqildi.

Muhokamalarning asosiy qismi ro‘yxatga olish va ruxsat berish, jumladan, kredit tashkilotlari ustavidagi o‘zgarishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, nobank kredit tashkilotlarini litsenziyalash, litsenziyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bekor qilish, auditorlar, kuzatuv kengashi a’zolari va tijorat tashkiloti rahbariyatiga malaka sertifikatlarini berish masalalariga to‘g‘ri keldi. Qo‘mita tomonidan kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini tekshirish masalalari ham o‘rganildi.

Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya qilmagani va o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarmaganligi sababli bitta tijorat bankiga ayrim operatsiyalarni amalga oshirish rad etildi. Xuddi shu sababga ko‘ra, bitta to‘lov tashkilotining litsenziyasi 10 ish kuniga to‘xtatildi.

Beshta tijorat banki va bitta mikromoliya tashkiloti faoliyatidagi kamchiliklar aniqlandi. Ular choralar va sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantiriladi.

16 tijorat bankining joylardagi filiallarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qonunbuzarliklar uchun jarimalar qo‘llanildi. Banklarning aniq nomlari keltirilmagan.

 


Bu ham qiziq

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli…
16:19 / 03.05.2024
Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilg…
10:38 / 03.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

2023-yilda mamlakatda chorva mollarining umumiy soni 64,7 million boshni tashkil etgan.
14:40 / 04.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024
“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qilishdir, degan Davlat d…
10:09 / 04.05.2024
Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bu haqda Meteoprog xabar berdi.
12:03 / 03.05.2024
18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

Bu velosipedning xaridorlari bormi?
12:28 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!