$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar olib tashlandi – Energetika vazirligi

12:13 / 04.01.2024

Ayni kunlarda mamlakatimizda mo‘tadil havo harorati kuzatilmoqda. Bu esa energetika tizimining bir maromda ishlashida muhim ahamiyat kasb etadi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev bayram kunlari, ya’ni 31-dekabr-2-yanvar kunlari ushbu tizim faoliyati bo‘yicha ma’lumot berdi.  

Unda qayd etilishicha, soha korxonalari tomonidan 670,6 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Iste’molchilarga 624,2 million kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Respublikada tabiiy gaz iste’moli 446 million metr kubni tashkil qilgan.  

Ushbu vaqt oralig‘ida tizimda yirik avariyalar hamda favqulodda hodisalar ro‘y bergani yo‘q. Barcha tizim tashkilotlarida 24 soatlik tunu kun navbatchilik yo‘lga qo‘yilib, maxsus brigadalar elektr energiyasi va gaz ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etgan.  

– Kecha, 3-yanvar kuni esa elektr stansiyalar orqali jami 234,1 mln. kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga 219,8 mln. kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 47,4 mln. kubometr tabiiy gaz, 20,6 ming tonna ko‘mir hamda 2,4 ming tonna mazut yoqildi. Respublika tabiiy gaz iste’moli 3-yanvar kuni 150,8 mln. kubometrni tashkil qildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda quvurlardagi bosimni bir me’yorda tutib turish maqsadida metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar olib tashlandi. Barcha hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarning ish faoliyati mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda. Kecha mamlakatimizdagi jami 1 ming 507 ta metan zapravkaning 1 ming 363 tasi, ya’ni 91 foizi to‘liq ish faoliyatida ishlagan , – degan H. Toshxo‘jayev.  

Brifingda avtobenzin va dizel yonilg‘isi talabni qoplaydigan darajada yetkazib berilayotgani ham ta’kidlandi. Unga ko‘ra, 3-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga jami 2 ming 607 tonna avtobenzin yetkazilgan. Shuningdek, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 12,1 mln. metr kub tabiiy gaz hamda 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  

Elektr qurilmalari va gaz ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.  


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!