$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mirkarim Mirsavurov: “Mirziyoyev – aytganini amalda bajaradigan inson”

13:30 / 15.05.2022

Mashhurlar bilan suhbat ruknimiz davom etadi. Dasturimizning bu safargi mehmoni – iste’fodagi polkovnik, O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a‘zosi, Xalqaro ekologiya, tabiat va inson xavfsizligi ilmiy akademiyasi akademigi, “Mehnat faxriysi” hamda bir qancha davlat mukofotlari sohibi Mirkarim ota Mirsavurov.

Olimjon Hasanov, Xabardor.uz jurnalisti – Assalomu alaykum, Mirkarim ota, biz uchun vaqt ajratganingizdan bag‘oyat mamnunmiz. Keling suhbatimizni sizni ayni damda ushbu suhbatni tomosha qilayotganlar uchun yana bir bor tanishtirishdan boshlasak, marhamat.

Mirkarim Mirsavurov, Mehnat faxriysi: – Hayot taqozosi bilan o‘rta maktabni bitirgandan keyin Batumiga (Gruziya) harbiy xizmatga bordik. Rus tilini bilganim uchun harbiy muxbir sifatida ish olib bordim. Bu tajriba ta’sirida yo‘llanma berishdi ToshDU(O‘zMU)ni jurnalistika fakultetiga kelib kirdim. Oilali bo‘ldim va bir qancha davlat idoralarida faoliyat yurittim. Sharof Rashidovning o‘z tavsiyasi va kotibiyat qarori bilan pagonga o‘tdik. Toshkent viloyati Ichki ishlar idorasida 15 yil ishladim. Shundan so‘ng nafaqaga qadar davlat bojxona qo‘mitasi matbuot markazi rahbari sifatida faoliyat yutganman.

O.H.: – Bojxonada qo‘lga tushgan, lekin hech kimga ochiqlanmagan ashyolar bor va ular men tashkillashtirgan muzeyga joylandi deb aytib o‘tdingiz. Agar mumkin bo‘lsa aytib bera olasizmi, bu qanday buyumlar edi?

M.M.: – Ularning aksariyati giyohvand moddalar bo‘lgan. Men ularni yangi tashkil qilingan muzeyda to‘liq nazorat ostida saqlash tajribasini boshladim. Keyin qurollar qo‘lga tusha boshladi. Undan keyin bizda Dubay kabi davlatlardan tilla olib kelish ommalashdi. Shu bilan birga qadimiy tangalar va tarihiy ahamiyatga ega bo‘lgan ayollar taqinchoqlarini noqonuniy olib chiqishga uringanlar ham qo‘lga tusha boshladi.

O.H.: – So‘zingiz avvalida Sharof Rashidovni esladingiz. Siz u kishini qanday xotirlaysiz?

M.M.: – Toshkent viloyat militsiyasi bilan hamkorlikda Bekobod metallurgiya zavodida maxsus bo‘lim ishga tushishi kerak bo‘ldi. Men shuni tashkil qildim va ushbu bo‘lim ochilishida Sharof Rashidov bilan birga qatnashdim. Tadbir o‘tgandan keyin Rashidov meni chaqirtirdi, rahmat aytdi. Biroz vaqt o‘tgach, meni “markazqo‘m”ning bir bo‘limiga instruktor qilib ishga oldi. Bu maxfiy bo‘lim edi. Moskvadan keladigan hamma ma’lumotlar maxfiy kelardi. Mening vazifam esa bu ma‘lumotlarni Sharof akaga yetkazish edi.

O.H.: – O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov haqida nima deya olasiz?

M.M.: – Islom Karimov bilan faqat tadbirlarda ko‘rishganmiz. Bir marta qo‘limni siqib ko‘rishgani Mustaqillik maydonida polkovnik olgan kunim edi. Undan keyin 1-2 marta ko‘rishdik, lekin ko‘pchilikning ichida. Chunki uni yoniga shaxsiy ish bilan borish juda qiyin edi. Lekin gaplari xuddi harbiylardek aniq va tiniq edi. Hozirgi prezidentimiz Mirziyoyev esa Karimovning ana shu qattiqqo‘l va talabchanlik hislatlarini o‘zlashtirgan hamda aytganini amalda bajaradigan inson. 


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!