$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev 8 ta yangi kon hisobidan uran zaxirasini oshirishga ko‘rsatma berdi

09:42 / 20.05.2022

Prezident Mirziyoyev 19-may kuni geologiya sohasini yana-da rivojlantirish, foydali maʼdanlar va yerosti suvi zaxiralarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda qayd etilishicha, ayni paytda uran bo‘yicha 27 ta yangi kon ochilib, barqaror xomashyo bazasi yaratilgan. Lekin sohadagi imkoniyatlar ancha ko‘p. Shu bois davlat rahbari nodir va noyob metallar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Taqdimotda mutasaddilar shu borada ishlab chiqilgan rejalar yuzasidan axborot berdi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 182 million dollarlik 14 loyiha shakllantirilgan. 

Prezident bu loyihalar bilan chegaralanmasdan, yuqoriroq marra olish kerakligini taʼkidladi.

Shu maqsadda, 2022-2026-yillarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu dasturda 8 ta yangi kon va 18 ta istiqbolli maydon hisobiga uran zaxirasini oshirish, zamonaviy burg‘ilash uskunalarini olib kelish, raqamli geologiya modelini yaratish ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb etib, texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Uran zaxirasini xalqaro standartlarga muvofiq baholash, so‘nggi texnologiyalar asosida rudadan uranni ajratib olish darajasini oshirish muhimligi qayd etildi.

Taqdimotda istiqbolli konlarni tayyorlash va ularga investorlarni jalb qilishga oid taklif ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida “Yangi kon” loyiha ofisi tashkil etish, uning ustav kapitaliga 15 million dollar ajratish mo‘ljallangan. Bu loyiha ofisi litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.

Davlat rahbari jahon bozorida uran narxi barqaror o‘sib borayotgani, yangi loyihalarda bu xomashyoni qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi.

Albatta, buning uchun malakali kadrlar ham zarur. Shu bois ayni vaqtda mamlakatda Geologiya fanlari universiteti, Navoiy konchilik universiteti, Italiyaning Piza hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg konchilik universitetlari bilan qo‘shma dasturlar ishlab turibdi.

Tadbirda bu borada o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash sustligi taʼkidlanib, birgina Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida yiliga 300 dan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarga ehtiyoj borligi aytildi.

Shu bois Zarafshon, Angren va G‘uzordagi texnikumlarda geologiyaga ixtisoslashgan yo‘nalishlarni ko‘paytirib, malakali ishchilar tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

O‘tgan yili mamlakatda mis sanoati klasteri tashkil etilgan edi. Dasturga ko‘ra, mis ishlab chiqarishni yagona “zanjir” asosida 2 baravarga ko‘paytirib, 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish reja qilingan.

Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham hisobot berildi.

Maʼlumki, mintaqadagi eng dolzarb muammolardan biri bu – suv tanqisligi. Bunday sharoitda yerosti suvidan aql bilan foydalanish zarur. Afsuski, so‘nggi yillarda yerosti suvining sathi 13 ta tumanda 5 metrgacha, 9 ta tumanda 20 metrgacha pasaygan.

Shu bois Prezident mutasaddi tashkilotlarga yerosti suvi zaxiralarini ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!