$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Mirziyoyev Misr yetakchisini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

16:53 / 21.12.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqotda uni Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

Saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari do‘st Misr xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini keng qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

O‘zbekiston-Misr keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil fevral oyida Qohiraga oliy darajali tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot va almashinuvlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi, geologiya, suv ta’minoti, transport, logistika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari boshlandi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish kelishib olindi.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Bu ham qiziq

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

26-30-aprel kunlari Vnukovo aeroportiga uchgan 3101 tojikistonlik fuqarolardan 643 nafari Rossiya hukumati tomonidan tegishl…
08:28 / 02.05.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Amerika poytaxti markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab namoyishchilar shaharning Markaziy ko‘chalari bo‘ylab …
09:49 / 02.05.2024
Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
02:14 / 01.05.2024
Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
11:10 / 01.05.2024
Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Ish tashlashlar 14-16-may, 22-24-may va 1-iyuldan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
12:49 / 01.05.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.
10:20 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!