$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

Mirziyoyev Qatar Amiri bilan suhbatlashdi

19:26 / 19.12.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazdilar.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Amir hamda do‘st Qatar xalqini milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan samimiy qutladi.

Qatar Amiri, o‘z navbatida, Korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro mukofotni topshirish marosimi Toshkent shahrida yuksak saviyada tashkil etilgani hamda ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik uchun mamlakatimiz yetakchisiga minnatdorlik bildirdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilda Toshkent va Doha shaharlarida ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari ochildi. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik loyihalar boshlandi.

Uchrashuvda yangi qo‘shma investisiya loyihalarini, shu jumladan “yashil” energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, bank-moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm sohalarida ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport va logistika borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Xususan, Qatar tomoni Transafg‘on temir yo‘lini barpo etish loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

2024-yilda Doha shahrida qo‘shma Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlik kengashining birinchi yig‘ilishlarini, ikki mamlakat biznes forumini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar kelgusi yilda madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish masalalarini ham muhokama qildilar.

Erishilgan kelishuvlar o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston va Qatar yetakchilari ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida Muvofiqlashtirish kengashini tuzish lozimligini ta’kidladilar.

Davlatimiz rahbarining O‘zbekistonda BMT shafeligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy mamlakatimizga amaliy tashrifini yakunlab, Qatarga jo‘nab ketdi.


Bu ham qiziq

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

Bu velosipedning xaridorlari bormi?
12:28 / 04.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.
14:20 / 04.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024
Gvatemaladagi Fuego vulqonini chaqmoq urdi

Gvatemaladagi Fuego vulqonini chaqmoq urdi

Sayyohlar vulqonining krateriga urilgan chaqmoqni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
17:38 / 04.05.2024
OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

O‘zgarishlar ismlar, sanalar va tashkilot nomlariga tuzatishlarni o‘z ichiga oladi.
14:58 / 04.05.2024
Toshkentda 1 yoshli bolaning ustiga daraxt quladi

Toshkentda 1 yoshli bolaning ustiga daraxt quladi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:27 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!