$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev Qozog‘iston mustaqilligiining 30 yilligi munosabati bilan Nazarboyev va Toqayevga qutlovlar yo‘lladi

12:32 / 16.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligiining 30 yilligi munosabati bilan mamlakat Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga qutlovlar yo‘llab, ularga va qardosh Qozog‘iston xalqiga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Maktublarda o‘tgan davr mobaynida mamlakatda barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan tizimli va keng qamrovli islohotlar natijasida bugungi kunda do‘st Qozog‘iston davlati barcha sohalarda yuksak taraqqiyotga erishayotgani qayd etilgan.

“Asrlar davomida xalqlarimiz o‘rtasida davom etib kelayotgan o‘zaro ahillik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari so‘nggi yillarda yanada mustahkamlanib borayotgani bizni ayniqsa quvontiradi”, deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida, shuningdek, joriy yil 5-6-dekabr kunlari Qozog‘istonga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida kechgan ochiq va sermahsul muzokaralarni alohida qayd etgan.

Shu bilan birga ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida imzolangan deklarasiya, samarali muloqot mexanizmlarini yaratish tashabbuslari, qator yirik qo‘shma loyihalar bo‘yicha erishilgan muhim kelishuvlar, kelgusi yilning O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi, yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi aloqalarni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlangan.

Maktublar yakunida Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat va yangi zafarlar, birodar Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik, baxtu-saodat va doimiy taraqqiyot tilaklari izhor etilgan.

 


Bu ham qiziq

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!