26-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etgan.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirishgan.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, tor doiradagi muzokaralar boshlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!