$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev Sharl Mishel bilan nimalarni muhokama qildi?

14:32 / 02.06.2023

2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqildi.

Yevrokengash Prezidenti Sharl Mishel davlatimiz rahbarini Konstitutsiya bo‘yicha referendumning natijalari bilan samimiy qutlab, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda bo‘lajak muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Tomonlar 2022-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama muloqot va almashinuvlarda yuqori sur’at kuzatilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ushbu davrda O‘zbekistonda Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha birinchi konferensiya, navbatdagi Fuqarolik jamiyati forumi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘zbekistonning YeI davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari portfeli 20 milliard yevrodan ortdi.

O‘zbekiston va YeI yetakchilari ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish va hajmini oshirish, “GSP+” imtiyozli savdo tizimining amal qilish muddatini uzaytirish, samarali transport yo‘nalishlari, eng avvalo, Transkaspiy tranzit yo‘lagini rivojlantirish, “yashil” energetika, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, ekologiya, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni va ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!