$
12938.01 UZS
22.94
158.73 UZS
2.3
14673.00 UZS
13.1
34° Kechasi 20°

Mirziyoyev Xitoyda Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

19:04 / 18.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi 18-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralardan boshlandi.

Uchrashuv ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Sian shahridagi “Shensi” qarorgohida o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin dastlab davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, mamlakatimizda Konstitutsiyani yangilash bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan tabrikladi va O‘zbekistonda bo‘lajak Prezident saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Xitoyga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbarini muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani hamda oliy davlat lavozimlariga qayta saylangani bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrida dolzarb bo‘lgan masalalar batafsil muhokama qilindi.

Erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani, barcha darajalardagi o‘zaro aloqalar jadal tus olgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib borayotgani va muhim masalalarda tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kambag‘allikni qisqartirish, shu jumladan qishloq xo‘jaligi, yerdan foydalanish, kichik va o‘rta biznes, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va professional ta’lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda samarali tajriba almashish va amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi. Bu, eng avvalo, zamonaviy sanoat quvvatlarini barpo etish, investitsiyaviy va yuqori texnologik korxonaalarni tashkil etish borasidagi qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi.

Kuni kecha o‘tkazilgan biznes-forum yakunida umumiy qiymati 25 milliard dollarlik istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolandi va kelishuvlarga erishildi.

Muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha quyosh, shamol va suv elektr stansiyalarini barpo etish, quyosh panellari, elektr uskunalar, transformatorlar, akkumulatorlar ishlab chiqarish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va mutaxassislarni tayyorlash borasidagi loyihalardan iborat investitsiyaviy-texnologik hamkorlik dasturini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyani kengaytirish – elektr va gibrid avtotransport vositalarini yig‘ish bo‘yicha zamonaviy zavodlarni ishga tushirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Turdosh tarmoqlardagi loyihalarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, mis, litiy, nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuqori texnologik klasterni barpo etish shular jumlasidan.

Bundan tashqari, plastmassalar, kimyoviy mahsulotlar, metall buyumlar, oziq-ovqat, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, biotexnologiyalar klasterini tashkil etishda hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishdan mamlakatlarimiz manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Xitoyning yetakchi banklari va “Ipak yo‘li” fondi, shuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki banki bilan samarali moliyaviy-texnik hamkorlikning bugungi darajasi yuksak baholandi.

Ikki mamlakat hududlarining hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shu jumladan Sirdaryo viloyatini “Ilg‘or texnologiyalar hududi”ga aylantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilab olindi.

Faol muloqotlar va aviaqatnovlar qayta tiklanishini hisobga olib, joriy yilda O‘zbekistonda ikki mamlakat shahar va hududlarining birinchi forumini o‘tkazish masalasi o‘rganiladi.

Keyingi yillarda ikki baravarga ko‘paygan o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun maqsadli ko‘rsatkichlar va tovarlar tarkibi belgilab olindi.

“Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi qayd etildi.

Gumanitar soha muhokama qilinar ekan, ta’lim va turizmda hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro madaniyat, san’at va kino kunlarini o‘tkazish, an’anaviy tibbiyot, ko‘z va boshqa turdagi kasalliklarni davolash, vaksina va farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi dasturlarni amalga oshirish zarurligi haqida yakdil fikr bildirildi.

Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv har doimgidek ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi. O‘zbekiston yetakchisi Xitoy rahbarini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Taklif minnatdorlik bilan qabul qilindi.


Bu ham qiziq

“Yuzaga kelgan hodisa aholi uchun xavf tug‘dirmaydi” – Energetika vazirligi

“Yuzaga kelgan hodisa aholi uchun xavf tug‘dirmaydi” – Energetika vazirligi

Boysundagi “Mustaqillik-25” konida yana gaz otilishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:39 / 05.05.2025
Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Shols kanslerlik lavozimidagi so‘nggi nutqida Yevropani tinchlikka chaqirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “yana Yevropaga urush olib kelgani” yanada achinarli. “Biz bunday holatni qabul qilma…
21:29 / 04.05.2025
Toshkent — Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

Toshkent — Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

O‘zbekistonda shaharlar atrofida harakatlanadigan poyezdlarga chiptalarni onlayn olish imkoni yaratildi, deya xabar berdi “O…
15:26 / 04.05.2025
Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Donald Trampning fikricha, bu “katta tezlikda” halokatga uchrayotgan Amerika kino sanoatini himoya qiladi.
12:42 / 05.05.2025
Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har doim voris haqida o‘ylashi, ammo yakuniy tanlov rossiyaliklarda bo‘lishi kerakligini a…
22:38 / 04.05.2025
Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Sirdaryoda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar yuzasidan …
21:30 / 05.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan 7 kishi qutqarildi

Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan 7 kishi qutqarildi

Bu haqda viloyat FVV xabar bermoqda.
09:49 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish  taqiqlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
08:39 / 06.05.2025
Toshkent oliy o‘quv yurtlari talabalari 2024-yilda 299 ta jinoyat sodir etgan

Toshkent oliy o‘quv yurtlari talabalari 2024-yilda 299 ta jinoyat sodir etgan

Eng ko‘p jinoyatlar yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq (72 ta holat). Keyinchalik o‘g‘irlik (57), giyohvand moddalar sa…
19:30 / 05.05.2025
Toshkentda 13 yoshli bola Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkentda 13 yoshli bola Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
21:43 / 05.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!