$
12482.38 UZS
69.4
155.23 UZS
0.95
14540.72 UZS
154.08
32° Kechasi 17°

Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

21:58 / 16.01.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Suhbat avvalida Yevroittifoqning yuqori martabali vakili YI va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi bilan samimiy qutlab, davlatimiz rahbariga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevrokengash raisi Sharl Mishelning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

YI bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning O‘zbekistonga tashrifi, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevroittifoq rahbarlarining ikkita uchrashuvi, o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

YI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda. “Markaziy Osiyo - YI” birinchi sammitini O‘zbekistonda tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik Investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va YI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo jadal o‘sib bormoqda, o‘tgan yili uning hajmi 30 foizga oshdi.

Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. YEIning O‘zbekiston uchun savdo preferensiyalari amal qilish muddati uzaytirildi.

Dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Bu ham qiziq

Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Prezident Indoneziyada noroziliklarning dastlabki manbai bo‘lgan parlament a’zolariga beriladigan nafaqalar bekor qilinishin…
16:43 / 31.08.2025
Vladimir Putin: “Xitoy tashqi savdoda biz uchun birinchi raqamli sherik”

Vladimir Putin: “Xitoy tashqi savdoda biz uchun birinchi raqamli sherik”

Rossiya Federatsiyasi rahbari “Sinxua” axborot agentligiga bergan intervyusida bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi
15:40 / 30.08.2025
Misrda yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Misrda yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
11:05 / 31.08.2025
DTEK: “Odessa viloyatida energetika obyektlariga zarar yetgan”

DTEK: “Odessa viloyatida energetika obyektlariga zarar yetgan”

Ukrainaning DTEK xoldingi Odessa viloyatidagi energetika obyektlariga zarar yetganini ma’lum qildi.
13:21 / 31.08.2025
Jizzaxda 4,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ohak sexi aniqlandi

Jizzaxda 4,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagan ohak sexi aniqlandi

Yig‘ilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
14:29 / 31.08.2025
Joriy yilda ko‘ngilochar sohalarda xizmat ko‘rsatish salkam 15 foizga o‘sdi

Joriy yilda ko‘ngilochar sohalarda xizmat ko‘rsatish salkam 15 foizga o‘sdi

Bu foiz ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan hisoblangan
22:12 / 31.08.2025
“Tashabbusli budjet” doirasida “Deputatlar tashabbusi” amaliyoti joriy etiladi

“Tashabbusli budjet” doirasida “Deputatlar tashabbusi” amaliyoti joriy etiladi

Keyingi yildan boshlab, “Open budjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalar deputatlar tashabbusi bilan g‘olib deb topilishi mumkin
15:56 / 30.08.2025
Nikolas Maduro: “AQSh o‘z harakatlari bilan BMT nizomini qo‘pol ravishda buzmoqda”

Nikolas Maduro: “AQSh o‘z harakatlari bilan BMT nizomini qo‘pol ravishda buzmoqda”

“Ammo ular hech qanday sharoitda Venesuelaga bostirib kira olmaydi” - dedi Nikolas Maduro
17:08 / 30.08.2025
Ertaga mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

Ertaga mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofidagi ko‘chalar ma’lum muddatga yopiladi
19:26 / 31.08.2025
Bir necha soatlardan keyin 2025-yilgi “Open budjet” loyihasi o‘z yakuniga yetadi

Bir necha soatlardan keyin 2025-yilgi “Open budjet” loyihasi o‘z yakuniga yetadi

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ovoz berishga ulgurish uchun bu so‘nggi imkoniyat
20:38 / 31.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!