$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Mo‘ynoqqa hududlardan kelib ishlayotgan shifokorlarga 200 foiz ustama to‘lanadi

15:20 / 12.02.2023

Mo‘ynoq tumani Qoraqalpog‘iston markazidan qariyb 300 kilometr olisda joylashgan. Hududda aholi nisbatan kam bo‘lsa-da, ularga tibbiy yordam ko‘rsatishda doim tor soha mutaxassislariga ehtiyoj yuqori.

Shu sababli 2022-yil 17-mayda imzolangan “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida boshqa hududlardan Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning har oylik lavozim maoshiga 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lovlari to‘lab berish belgilangan.

Mo‘ynoqda 6 ta davolash-profilaktika muassasasi va 2 ta mahalla tibbiyot punkti faoliyat ko‘rsatadi. Ularda ishlaydigan soha xodimlari soni 511 nafar bo‘lib, 59 nafari shifokorlardir. Ana shu mutaxassislar orasida Prezident farmoni asosida boshqa hududlardan kelib ishlayotgan vrachlar 12 nafarni tashkil qilmoqda”, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamila Davletova.

Qayd etilishicha, Mo‘ynoqda respublikaga qo‘shni Xorazm viloyatidan tortib, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib ishlayotgan shifokorlar ham bor.

Boshqa hududdan kelib ishlayotganlar orasida pediatr, anesteziolog-reanimatolog, otolaringolog, xirurg, urolog va terapevt kabi mutaxassisliklarga ega shifokorlar bo‘lib, ular mo‘ynoqliklarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda mahalliy shifokorlarga ko‘mak bermoqda.


Bu ham qiziq

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘l…
09:20 / 25.10.2026
30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!