$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mualliflik huquqini buzgan san’atkorlar reytingi e’lon qilindi

10:13 / 14.09.2022

Belgilangan tovon puli miqdoriga ko‘ra mualliflik huquqini buzgan san’atkorlar reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

5. Jaloliddin Ahmadaliyev

Jaloliddin Ahmadaliyev shoir Behzod Fazliddinga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to‘plamiga kirgan “Balosiz – go‘yoki g‘amimni yeysiz” deb boshlanuvchi she’ridan muallifning ruxsatisiz foydalangan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra, xonandaga jami 26 mln. so‘m tovon pulini shoirga to‘lab berish va “Ayyor do‘stlarim” nomli qo‘shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.

4. Doston Ergashev

Doston Ergashev qo‘shiqchi O‘ktam Aliyevga tegishli “O‘ylamadim” qo‘shig‘idan huquq egasining ruxsatisiz foydalangan. Uzoq muddatli kelishmovchiliklardan so‘ng ushbu san’at vakillari o‘zaro kelishuvga erishgan. Unga muvofiq “O‘ylamadim” qo‘shig‘i muallifi O‘ktam Aliyev xonandaga nisbatan 500 million so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan sudga kiritgan arizasini qaytarib olgan.

3. Sanjey (Sanjar Javberdiyev)

Sanjar Javberdiyev shoir Usmon Azimga tegishli “Karvon” she’ridan noqonuniy foydalangani sababli shoir Usmon Azimga 90 million so‘mdan ortiq tovon puli undirilishi haqida sudning qarori chiqqan.

2. Farhod va Shirin juftligi

Farhod va Shirin shoir Bobur Bobomurodning she’riy asarlariga nisbatan mualliflik huquqlari buzilgani yuzasidan sud ishi ko‘rilgan va shoir hisobiga 130 million so‘m tovon puli undirish haqidagi sud qarori e’lon qilingan.

1. Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev tegishli “Xasta bo‘lma” she’rini huquq egasining ruxsatisiz noqonuniy foydalanilganligi sababli sudning qaroriga ko‘ra da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyev foydasiga umumiy miqdorda 185 million so‘m undirish belgilangan.

“Hurmatli ijod vakillari, Sizning ham mualliflik va turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, hech tortinmasdan mualliflik huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasiga murojaat qilishingiz so‘raladi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!