$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

Murod Xontoʻrayev oʻlimi boʻyicha ochilgan ish tugatildi

19:03 / 06.01.2022

Avtohalokat qurboni boʻlgan Oʻzbekiston MMA assosiatsiyasi vise-prezidenti Murod Xontoʻrayevning oʻlimi boʻyicha ochilgan jinoiy ish hodisada jinoyat tarkibi boʻlmagani uchun harakatdan tugatilgan. YTH ishtirokchisi boʻlgan “Gentra” rusumli avtomobilga yetkazilgan zarar Xontoʻrayevning “BMW” mashinasi sugʻurtasidan qoplanadi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida Murod Xontoʻrayev amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ning 3, 4, 73, 77 hamda 79-bandlari talablarini qoʻpol ravishda buzgani aniqlangan.

Unga koʻra, marhum MMA jangchisi:

- “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun talablariga amal qilmagan;

- yoʻl harakati qatnashchilari, xususan, “Gentra” rusumli avtomashina harakatlanishiga xavf tugʻdirgan;

- oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashina orqasidan hamda chap tomonlama (beton toʻsiqqa nisbatan) xavfsiz oraliq masofa saqlamagan;

- harakatlanish vaqtida aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelganda transport vositasining tezligini u toʻla toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrmagan;

- aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobilga ruxsat etilgan tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirgani natijasida faqat oʻzi ogʻir tan jarohati olib vafot etgan.

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xulosasiga koʻra, Murod Xontoʻrayev YTH oqibatida vafot etgani, u bilan birga boʻlgan yoki YTHning boshqa ishtirokchilariga oʻrtacha, ogʻir jarohat yetmagani hamda oʻlim holati kuzatilmagani sababli sportchining oʻzi aybdor deb topilgan. Shu munosabat bilan jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.

Eslatib oʻtish mumkin, Murod Xontoʻrayev 2021-yilning 19-iyul kuni oʻzining boshqaruvidagi BMW avtomobilida avtohalokatga uchrab vafot etgandi.

1987-yilda tugʻilgan Xontoʻrayev MMAdagi professional faoliyatini 2013-yilda boshlagan. “Osiyo ayigʻi” laqabi bilan mashhur boʻlgan oʻzbekistonlik sportchi jami 15 ta jang oʻtkazib, shundan 12 tasida gʻalaba qozongan, uchta jangda magʻlub boʻlgan, yana bir jang natijasi esa bekor qilingan.



														
														Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar uchun 4 turdagi masofa mavjud: 21 km, 10 km, 5 km va 1 km.
12:33 / 06.05.2024

														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

Eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida ma’lum qilingan.
14:38 / 08.05.2024
Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida bir oilaning yetti nafar a’zosi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida bir oilaning yetti nafar a’zosi halok bo‘ldi

Ularning jasadlari va yaradorlar “Al-Ahli” baptistlar kasalxonasiga yetkazilgan.
11:36 / 08.05.2024
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Sud jarayonini noma’lum muddatga qoldirilgan.
09:52 / 08.05.2024
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:14 / 07.05.2024
Bolalarga 6-9 oylikkacha qanday qo‘shimcha ovqat berish lozim?

Bolalarga 6-9 oylikkacha qanday qo‘shimcha ovqat berish lozim?

Bolalar parvarishi haqida tavsiyalar.
09:58 / 08.05.2024
6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

U 5G tezligidan 10 barobarga tez ishlaydi.
17:10 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024
G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 55 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
20:10 / 08.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
OAV: AQSh Rafahdagi operatsiya tufayli Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

OAV: AQSh Rafahdagi operatsiya tufayli Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

Bu qaror Rafahning aholi zich joylashgan hududlariga snaryadlar tashlab yuborilishi mumkinligidan xavotirlar tufayli qabul q…
19:46 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!