$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
17° Kechasi

Namanganda homilador ayol 4 nafar egizak chaqalog‘i bilan vafot etdi

22:51 / 16.01.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi tug‘uruqxonada homilador ayol 4 nafar egizak chaqalog‘i bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, 2024-yil 13-yanvar soat 21:10 da Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 1-akusherlik bo‘limiga Davlatobod tumani “Nurobod” MFY da yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. kuchli tug‘uruqoldi og‘rig‘i bilan og‘ir ahvolda olib kelingan.

Qabul vaqtida unga “1-homiladorlik, 24 hafta 1 kun. Ko‘p homilalik. (to‘rt egiz homila). Uretrogidronefroz 3-darajasi. Surunkali anemiya o‘rta darajasi” dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Ayolda mazkur homiladorlik tushish xavfi va uretrogidronefroz 2-, 3-daraja bilan kechgan. Shu sababli M.M. uch marta markazning homiladorlarni davolash bo‘limida zarur muolajalar olgan.

O‘sha paytda ayolning yaqinlariga 4 egiz homila muddatiga yetib, tug‘ilishi qiyin ekanligi va buyraklar uretrogidronefrozi 2-, 3-darajasi homilador salomatligida jiddiy asoratlar berishi mumkinligi haqida tushuntirilgan.

Ayol tibbiy nazoratda bo‘lgan vaqtda unga antibakterial terapiya va distress sindrom profilaktikasi o‘tkazilgan.

2024-yil 14-yanvar kuni soat 23:00 da bemorda og‘riq kuchayib, o‘ta qisqa vaqtda homilaning patologik tushishi kuzatilgan. Homilalarning vazni 410 gr, 380 gr, 390 gr va 400 grammdan iborat bo‘lgan.

Shundan keyin ayol bachadoni instrumental tozalanib, ginekologiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Biroq 15-yanvar soat 06:50 da bemorning ahvoli keskin yomonlashib, unda klinik o‘lim holati yuz bergan. Ayol darhol sun’iy nafas olish uskunasiga ulanib, birlamchi reanimatsion choralar ko‘rilishiga qaramasdan shu kuni soat 07:10 da unda biologik o‘lim kuzatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga o‘pka arteriyalarining massiv tromboemboliyasi va o‘tkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha prokuratura xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi.


Bu ham qiziq

1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda tovarlarning ko‘p turlarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi

1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda tovarlarning ko‘p turlarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi

1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda barcha tovarlarni eksport qilish taqiqlari bekor qilinadi. Faqat 86 ta tovar guruhlari bunda…
19:43 / 18.04.2025
U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi finalga chiqdi

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi finalga chiqdi

Kecha, 17-aprel kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma j…
09:27 / 18.04.2025
Italiya prezidentiga yurak stimulyatori o‘rnatildi

Italiya prezidentiga yurak stimulyatori o‘rnatildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella kardiostimulyatorni o‘rnatish uchun operatsiya qilindi. Jarrohlik muntazam ravishda ama…
20:04 / 17.04.2025
Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Kongoda kema yonib ketishi oqibatida 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Agentlikning qayd etishicha, eski yog‘och kemalar qishloqlar o‘rtasida asosiy transport vositasi hisoblanadi va ko‘pincha be…
12:27 / 19.04.2025
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisligiga saylandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisligiga saylandi

Kecha, 18-aprel kuni Sport vazirligi majlislar zalida o‘tkazilgan navbatdan tashqari konferensiyada O‘zbekiston talabalar sp…
08:54 / 19.04.2025
AQSh Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishga tayyor

AQSh Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishga tayyor

Tramp ma’muriyati tinchlik kelishuviga erishish evaziga bunga rozi bo‘lmoqda.
09:40 / 19.04.2025
Mirziyoyev vazir va hokimlarni tanqid qildi

Mirziyoyev vazir va hokimlarni tanqid qildi

25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi.
15:37 / 18.04.2025
Turkiyadagi giyohvandlikka qarshi operatsiyada 520 dan ortiq gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Turkiyadagi giyohvandlikka qarshi operatsiyada 520 dan ortiq gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Operatsiya natijasida 525 gumonlanuvchi hibsga olingan.
12:31 / 18.04.2025
Chet el fuqarolariga 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi

Chet el fuqarolariga 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi

Ushbu huquq 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
11:31 / 19.04.2025
O‘zgidromet sel xavfidan ogohlantirdi

O‘zgidromet sel xavfidan ogohlantirdi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 19-22 aprel kunlari kutilayotgan yom…
18:40 / 18.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!