$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Namanganda Prezidentga taqdim qilingan 13 mlrd so‘mlik loyiha 2 yilga yetib bormadi

11:20 / 24.06.2022

2020-yilning 26-iyun kuni davlat rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi doirasida mahalliy rahbarlar Prezident Shavkat Mirziyoyevga qiymati 13 mlrd so‘m bo‘lgan Chortoq tumanidagi Baland adir dashtliklarida 36 gektar maydondagi har biri 2 sotixli 1000 ta issiqxona loyihasi taqdim qilingan edi.

Mazkur loyiha “Golden Nuts Namangan” agro tomorqa xizmati masʼuliyati cheklangan jamiyat hamkorligida amalga oshirilgan va unga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 6,7 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari va tijorat banklarining 6,3 millard so‘mlik imtiyozli krediti yo‘naltirilgan.

Viloyat hokimligi davlat rahbariga mazkur tadbir mahalliy aholini ish bilan taʼminlash, kambag‘allikni tugatishni maqsad qilgani haqida maʼlumot bergan va unda 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilib, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”da turgan fuqarolar ishga joylashtirilganini aytgan.

Maʼmuriyat mazkur tashrifdan bir yil o‘tib, issiqxonalarning qarovsiz qolib ketayotgani haqida maqola chop etgan “Ozodlik” nashriga raddiya berar ekan kelgusidashi rejalari haqida maʼlum qilgan. Unda issiqxonalardan hozirda (2021-yil iyun oyi) pomidor va bodiring ekilib, ular Rossiya eksport qilinayotgani va eksport hajmini 1,5 mln dollarni tashkil qilayotgani, kelgusida bu raqamlar 5 mln dollargacha etkazish rejalashtirilganini bildirgan.

Ammo...

Hisob palatasi hududlarda, jumladan, Namangan viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari bo‘yicha xulosasini berdi.

Unga ko‘ra, ayni paytda ushbu dasturdagi muammoli kreditlar bo‘yicha Namangan viloyati birinchi o‘rinda bo‘lib, 44 foizni tashkil qilgan.

Jumladan, Palata 2020-yilda kambag‘allikni tugatishning “chortoqcha usuli” deya osmonlarga ko‘tarib maqtalgan Chortoq tumani Baland adir hududida tashkil etilgan 1 000 ta 2 sotixlik issiqxonalarning 95 foizi hozirda yaroqsiz holga kelib, ulardan foydalanilmasligi maʼlum qilindi.

Bundan ham achinarlisi esa, 2022-yilning 7-iyunidagi tuman hokimining tegishli farmoyishi bilan aynan shu “mo‘jiza loyiha” uchun yana Chortoq tuman mahalliy byudjetiga viloyat mahalliy byudjetining 2022-yil 1-choragidagi daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bu “yotib qolguncha otib qolish”mi?!

Haybarakallachilikka qachon barham beriladi?! Davlatning birinchi darajali shaxsiga chiroyli “to‘n kiydirib” taqdim qilish, alaloqibat ishlamaydigan milliardlik loyihalarni kim nazorat qiladi? Xalq pullari nega kimlarningdir naf bermaydigan “biznes”lariga tiqiladi?..

Savollar ko‘p. Javoblar esa, albatta, tegishli idoralar tomonidan olinishi va ulardan sarflangan pullarning hisobini so‘rashi kerak.


Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!