PSJ hujumchisi Neymar chap oyoq toʻpiq qismidan jarohat olganidan keyin safga qaytishga yaqin turibdi.
RMC Sport xabariga koʻra, futbolchi 6-fevral kuni maydonga qaytishni rejalashtirgan.
Shu kuni parijliklar Fransiya chempionatining 23-turi doirasida “Lill” bilan mehmonda maydonga tushishadi.
Maʼlumot uchun, Neymar jarohati sabab 28-noyabrdan beri maydonga tusha olmaydi. 29 yoshli braziliyalik ushbu mavsumda PSJ safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!