$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Noqulay ob-havo sharoiti O‘zbekiston aeroportlari faoliyatlariga ta’sir qilmoqda

11:31 / 03.01.2022

Uzbekistan Airports matbuot xizmati 3-dekabr kuni Urganch va Nukus aeroportlarida ko‘rish imkoniyati yomonlashgani sababli samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmaganini ma’lum qildi.

Natijada Urganch aeroportidagi kuchli tuman tufayli “Aeroflot”ning Moskvadan parvoz qilayotgan AFL1976 reysi soat 03:25 da “Sheremetyevo”dan uchishni amalga oshirmagan.

Shuningdek, yana ikki aviaqatnov bilan ham yuqoridagi kabi holat kuzatilgan:

– S7 Airlines aviakompaniyasining Samara-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha soat 04:35 da uchishi kerak bo‘lgan SBI6481 reysi;

– “Ural” aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan soat 03:30 da uchishi kerak bo‘lgan SVR2473 reysi.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda samolyotlar Urganchdagi ob-havo sharoitlari yaxshilangunga qadar jo‘natuvchi-aeroportlarda qolmoqda.

Ko‘rish masofasi 200 metrgacha qisqargan kuchli tuman, shuningdek, Nukus aeroporti faoliyatini ham cheklab qo‘ygan. Uzbekistan Airways’ning ikki reysi Toshkentga parvozini kutmoqda. Bundan tashqari, soat 11:30 da Nukus-Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kutilayotgan reys ham kechiktirilishi mumkin.

Uzbekistan Airways bu haqda ma’lumot berib, har ikki shahar aeroportlarida kuzatilayotgan quyuq tuman sababli avval rejalashtirilgan HY-051/052, 053/054, 011/012 reyslari vaziyat o‘zgarmaguniga qadar qoldirilishini ma’lum qildi. Uchish vaqti esa taxminan 14:00 ga rejalashtirilgan.

“2 va 3-yanvar kuni kechiktirilgan yoki qoldirilgan aviaqatnovlar yo‘lovchilari aviachipta pulini qaytarish yoki bepul boshqa sanaga o‘zgartirish imkoniyatiga egalar. Buning uchun aviachipta xarid qilingan joyga murojaat qilishlari kerak”, – deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.


Bu ham qiziq

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!