$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Nukus voqealari bo‘yicha yana 3 nafar shaxs qamoqqa olindi

10:44 / 09.02.2023

Joriy yilning 1-2-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan sudning 2023-yil 31-yanvar kuni chiqarilgan hukmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot xizmati tomonidan yoritildi.

Shuningdek, 18 va 21 nafar shaxsga (barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va boshqa tegishli moddalari bilan bo‘lgan 2 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2023-yil 17-yanvar kuni mazmunan ko‘rish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga yuborilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tergovi doirasida 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov natijasi bo‘yicha jinoyat ishlarining sudga yuborilishi ta’minlanadi.


Bu ham qiziq

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!