$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishga oid Nizom tasdiqlandi

10:29 / 29.12.2021

Joriy yil 27-dekabrdagi Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, oliy harbiy ta’lim muassasalari (OHTM)da o‘qishga saralab olish va qabul qilish Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi.

Saralab olish tadbirlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

– harbiy-professional yo‘naltirish;

– dastlabki saralab olish;

– test sinovlari.

Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

Nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlariga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.

Arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:

birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun – mudofaa ishlari bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun – xizmatni o‘tash joyida 1-fevraldan 10-aprelgacha (shu kuni ham);

ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari boshqarmalari va Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham).

OHTMga test sinovlarisiz kirish imtiyoziga ega bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul yilining 25-iyunigacha Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball qo‘yiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.

OHTMda test sinovlari har yili iyul-avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Nizomga ko‘ra shuningdek, kursantlarga o‘qishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Mazkur nizom:

– Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibiga;

– Jamoat xavfsizligi universitetida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish hamda mazkur universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!