$
11973.48 UZS
38.11
₽
146.59 UZS
1.01
€
13436.64 UZS
4.57
31° Kechasi 18°

“Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi

14:06 / 15.03.2024

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, Yangi O‘zbekiston ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, milliy kontentni boyitish, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ong-u tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni rag‘batlantirish maqsadida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni e’lon qiladi. Bu haqda “UzA” xabar berdi.

Asosiy mukofotlar

1 ta Bosh milliy mukofot

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Radio yo‘nalishi bo‘yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Bosma nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar).

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yo‘nalishlari bo‘yicha).

Shuningdek, 12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya joriy etiladi. Tanlovning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha qo‘shimcha e’lon beriladi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlariga:

Tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;

Tanlovning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda har bir ishtirokchining 2023-yil 31-martdan 2024-yil 31-martgacha bosma va internet nashrlarida e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari ko‘rib chiqiladi. Agar ijodiy jamoa – gazeta tahririyati tanlovda qatnashadigan bo‘lsa, gazetaning 5 tadan 7 tagacha sonini, tele yoki radiokanal jamoasi tanlovda ishtirok etadigan bo‘lsa, 5 tadan 7 tagacha eng yaxshi ko‘rsatuv yoki eng yaxshi eshittirishning elektron varianti (yoxud havolasi) ilova qilinadi.

“2023-yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:

muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot (obyektivka);

muallifning pasport yoki ID-karta nusxasi, telefon raqami.

Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning ro‘yxatdan o‘tkazilganini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki ID-karta nusxasi.

Tanlovga ijodiy ishlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shuningdek, mualliflardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda tanlov matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab joriy yilning 5-apreliga qadar qabul qilinadi.

Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy ishlar gazeta yoki jurnalda e’lon qilingan materiallarning nusxasi (pdf formatda);
Internet nashrlari bo‘yicha materiallarning havolasi (link, ssilkasi) ko‘rsatilgan holda;

televideniye bo‘yicha videomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha telegram formatda (annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);

radio yo‘nalishi bo‘yicha audiomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);

Rag‘batlantiruvchi nominatsiya – fotojurnalistika bo‘yicha ijodiy ishlar (JPEG, TIFF va PNG formatda annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 99-466-10-25 raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegramiga yuborilishi so‘raladi.


Bu ham qiziq

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026
Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkilotining uy-joy sotib oliş böyiça şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar…
14:21 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!