$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Ombudsman jazoni ijro etish koloniyasida Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi

17:06 / 11.01.2024

2024-yil 5-yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari a’zolari Navoiy shahrida joylashgan 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirishdi. Jamoatchilik guruhlari a’zolari tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, “Yuksalish” harakati va “Huquqiy tayanch” NNT raislari ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishgan.

Tashrif davomida, mahkumlar bilan suhbatlashildi, koloniyaning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, davolash bo‘limi, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududidagi sharoitlar o‘rganilgan.

Mahkumlarning yotoq joylari ko‘zdan kechirilganda, ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashildi. Suhbat davomida D.Tajimuratov koloniyadagi sharoitlar Ombudsman tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari natijasida yaxshilanib borayotganini, oziq-ovqat ta’minoti yaxshiligini, qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligi, davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tibbiy yordam kerak bo‘lganda vaqtida yordam ko‘rsatilayotganligini ma’lum qildi.

Koloniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbatlarga va amalga oshirilgan o‘rganishlarga ko‘ra, D.Tajimuratov qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muddatini o‘tamoqda. Uning Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan huquqlari ta’minlamoqda va ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlar tatbiq etilmoqda. Alohida cheklovlar o‘rnatilmagan yoki imtiyozlar taqdim etilmagan. Shuningdek, o‘tkazilgan suhbat davomida unga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirib o‘tilgan.

Monitoring tashrifi davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularni o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning tavsiyalari kiritiladi.

 

 


Bu ham qiziq

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024
Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.
14:20 / 04.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024
Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!