$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Onlayn o‘qish davomida o‘qituvchilar ish faoliyatini uyda davom ettirsa bo‘ladimi?

21:38 / 22.01.2022

Maktab va OTMlarda o‘qish 24-yanvardan boshlab 1 oy muddatda onlayn shaklda davom etadi. Ushbu vaziyatda kun tartibiga chiqayotgan savollardan biri: o‘qituvchilar ish faoliyatini uyda davom ettirsalar bo‘ladimi?

Xalq ta’limi vazirligi online ta’lim jarayoni vaqtida o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatini qay tarzda davom ettirishi haqida ma’lumot berdi.
Onlayn ta’lim jarayoni vaqtida o‘qituvchilar o‘zlarining lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda davom etadilar.

Joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddatda umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari “onlayn” shaklda tashkil etilishi belgilangan.

Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ajratilgan telekanallari hamda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali dars mashg‘ulotlari muntazam berib boriladi. “Onlayn maktab” loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

O‘qituvchilar mazkur kundalik jadval asosida dars berayotgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, uyga vazifalarni bajarilishini hamda o‘quvchilar bilimini sinf jurnaliga (elektron kundalik tizimi joriy etilgan maktablarda Kundalik.com tizimiga) baholab borishni ta’minlab borishlari hamda zaruriyatga ko‘ra “Onlayn maktab” loyihasi doirasida o‘tilgan mavzularni o‘quvchilarga qo‘shimcha tushuntirib borishlari lozim.

Maktab rahbarlaridan ta’lim muassasasida o‘qituvchilar faoliyatini amalga oshirishi uchun yetarli sharoitlar yaratib, AKT xonalarida uzluksiz Internet ishlashini ta’minlab berishi kerak.

Bundan tashqari, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ga muvofiq, pedagog xodimlar dars mashg‘uloti (o‘quv-tarbiya jarayoni)dan tashqari, o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni bilan ham shug‘ullanishi belgilab qo‘yilgan.

Shu bois, o‘quvchilarning onlayn ta’lim jarayonlari vaqtida pedagoglar maktabda bevosita lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘z ustida mustaqil ishlashlari lozim.

O‘z o‘rnida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” buyrug‘i talablariga muvofiq maktabda kasallanish holatlari yuzaga kelganda, o‘qituvchilarning sog‘ligini himoyalash, koronavirusning yangi shtammining keng tarqalishini oldini olish maqsadida pedagoglarning masofadan ishlashi uchun imkoniyat beriladi.

Maktab rahbari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatini nazorat etish va muvofiqlashtirishga mas’ul sanaladilar,  deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!