$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

18:15 / 27.03.2023

Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʻzda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Komil Allamjonov xabar berdi.

Unga koʻra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 million soʻmgacha (100 baravar) jarimaga sabab boʻlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 million soʻmgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, 45 million soʻmdan 60 million soʻmgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 million soʻmdan 4,5 million soʻmgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 million soʻmdan 6 million soʻmgacha jarima belgilanmoqda.

Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

"Ushbu qonun jamiyatda pedagoglarning nufuzi va obroʻsini oshirish yoʻlidagi navbatdagi mantiqiy qadam boʻldi. P.S. faqat ilm, taʼlimni rivojlantirish orqali biz buyuk davlat qura olamiz. Faqat ilmlilargina buyuk ishlarga qodir. Barcha ustozlarimizga ushbu yangilik muborak boʻlsin. Endi siz qonun himoyasidasiz",– deb yozadi Komil Allamjonov.


Bu ham qiziq

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyaning Domodedovo aeroportida O‘zbekistonga uchib ketayotgan 32 yoshli yo‘lovchining yukidan tarkibida radioaktiv modda…
09:24 / 20.10.2026
Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozonganidan so‘ng Manchesterga borib, “Manchester Siti” k…
11:14 / 19.10.2026
Toshkentda havo ifloslanishi me’yordan 11,6 baravar oshdi

Toshkentda havo ifloslanishi me’yordan 11,6 baravar oshdi

2026-yil 19-oktyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati indeksi 153 AQI ni tashkil etdi. IQAir ma’…
11:13 / 19.10.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Marko Rubio Samarqand asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib k…
13:21 / 19.10.2026
O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 mln 841 ming 475 nafar fuqaro “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan. Bu…
09:28 / 20.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026
Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida restoran xodimi 17 yoshli kuryer bilan janjallashib, uni haqorat qilgani va tahdid qilg…
09:50 / 19.10.2026
Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!