$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Ozarbayjon – O‘zbekiston Investisiya jamg‘armasi tashkil etiladi

15:24 / 25.12.2022

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ikki davlatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, muloqot chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibi koʻrib chiqilgan.

“O‘zaro savdoning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2021-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, joriy yil boshidan esa yana 52 foizga oshdi. Kelgusi davrda tovar ayirboshlash hajmini bir necha barobar oshirish uchun imkoniyat va resurslar mavjudligi taʼkidlandi. Tomonlar talabga ega mahsulotlar nomenklaturasini shakllantirish va yetkazib berishni ko‘paytirish, ikkala mamlakatlarga savdo va ishbilarmonlik missiyalarini tashkil qilish, yirik shaharlarda milliy mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish, savdo tarmoqlarida meva va sabzavot mahsulotlarini, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli savdo shartnomalarini tuzishga kelishib oldilar”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi va sarmoyaviy sheriklik sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston-Ozarbayjon Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma ishlarni jadallashtirish, shuningdek, umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq bo‘lgan 5 ta yirik loyihaning moliyaviy-texnikaviy jihatlarini ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirilgan. Mazkur yo‘nalishlarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzishga kelishiib olingan.

Yig‘ilish ishtirokchilari qo‘shma korxonalarni, jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish, zargarlik buyumlari va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratdi.

Kun tartibida transport-logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi ham muhim o‘rin tutdi. Ikki mamlakat hududlari orqali yuklarni, jumladan, kundalik ehtiyojdagi tovarlarni tashish hajmini bir necha barobar oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini muhokama qilish maqsadida Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha aralash komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishning tashkiliy jihatlari kelishib olindi. Shu nuqtayi nazardan, transport infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari ham qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Ozarbayjon – O‘zbekiston Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur jamg‘arma ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 


Bu ham qiziq

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!