$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbek olimlari yaratgan dori koronavirusni davolash protokoliga kiritildi

14:49 / 13.01.2022

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan “Rutan tabletkalari, 100 mg” preparati COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash protokoliga kiritildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Politics Today” tahririyatiga bergan intervyusida ma’lum qilindi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning xabar berishicha, endilikda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Rutan preparatini koronavirusga chalingan bemorlarda, o‘tkir respirator infeksiya bilan bog‘liq bo‘lgan holsizlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash belgilangan. Rutan preparati Rhus coriaria (Totum) o‘simligidan ajratib olingan dori preparati bo‘lib, klinik sinovlar natijasiga ko‘ra, gripp virusining turli shtammlariga, shuningdek, SARS-Cov-2 virusiga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.Klinik sinovlar natijasida Rutan dori preparatining 100 milligrammlik

Klinik sinovlar natijasida Rutan dori preparatining 100 milligrammlik optimal dozasi 6 yoshdan katta bemorlarda xavfsiz qo‘llanishi mumkinligi va uni kuniga 2 marotaba ichish virusning ko‘payishiga to‘sqinlik qilishi, shamollash va yallig‘lanish jarayonlarining oldini olishi, xususan, o‘tkir va atipik pnevmoniya yuzaga kelishiga to‘sqinlik qilishini ko‘rsatgan. Virusning patologik ta’sirga ega bo‘lgan barcha funksional va strukturaviy oqsillarining hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi ikkita asosiy konservativ fermentini - 3SL proteazasini va RNKga bog‘liq RNK polimerazasini ingibirlash (to‘xtatish) xususiyati va u o‘simliklardan olingan dori vositasi ekani e’tiborga molikdir. Natijada, organizmda strukturaviy va funksional oqsillar paydo bo‘lmaydi va infeksiyalash qobiliyatiga ega bo‘lmagan yetilmagan viruslar hosil bo‘ladi.

Rutan preparatining afzalligi uning viruslarga qarshi qo‘llanilayotgan boshqa preparatlarga nisbatan toksiklik darajasi nihoyatda past ekani, davolash samarasi yuqoriligi va nojo‘ya ta’sirlari yo‘qligidadir.

O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Bioximiya va biofizika instituti bilan hamkorlikda olib borilgan izlanishlar natijasida Rutan preparati kuchli antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, antiradikal, antioksidant xususiyatlarga ega ekanligi va uning terapevtik samaradorligi virusga qarshi faolligi bilan uyg‘unlashganligi munosabati bilan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda preparatning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Tadqiqotlar Rutan 100 mg. dori preparatini koronavirus infeksiyasi o‘rta og‘irlikda kechayotgan bemorlarga keng qo‘llashni tavsiya qilish mumkinligini ko‘rsatgan.
https://uz30.media/uz/12012022/ibrohim_abdurahmonov


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!