$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

“O‘zbek xalqi bundan 87 yil oldin Uzoq Sharqdan ko‘chib kelgan koreyalik vatandoshlarimizga qaynoq bag‘ridan joy bergani uchun juda minnatdormiz”

11:18 / 13.06.2024

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida “Dunyo” axborot agentligiga intervyu berdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida “Dunyo” axborot agentligiga intervyu berdi.

– Janob Prezident, suhbatimiz ayni paytda chuqur transformatsiya bosqichidan o‘tayotgan O‘zbekistonga davlat tashrifingiz arafasida tashkil etilmoqda. Ma’lumki, o‘z vaqtida Koreya Respublikasi ham bunday o‘zgarishlar jarayonini boshidan kechirgan. Mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarni qanday baholaysiz?

– O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi ko‘plab umumiy tarixiy va madaniy xususiyatlarga ega. Men hamisha mamlakatingizga safar qilishni orzu qilganman. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylaridan ushbu tashrifga taklif olish men uchun katta sharafdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining beqiyos rahnamoligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va innovatsiyalar jarayonida yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, jumladan, yalpi ichki mahsulot, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, to‘lov balansi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi yildan-yilga o‘sib bormoqda.

Mamlakatning yuqori o‘sish salohiyatiga ega bozori, katta miqdordagi ishchi kuchi va geosiyosiy ahamiyati uni xalqaro kompaniyalar uchun biznes yuritish va investitsiyalar kiritish uchun juda jozibador makonga aylantirmoqda. Men kelishdan oldin Toshkentni qush parvozi balandligidan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim va O‘zbekiston naqadar izchil rivojlanayotganini ko‘rdim.

O‘tgan yili e’lon qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq mamlakatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda islohotlar izchil davom ettirilib, yangi muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, iqtisodiyotni liberallashtirish va xorijiy kompaniyalarni jalb etish kabi maqsadlarni ilgari surib, milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirmoqda. Shuningdek, jamiyat hayotida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda.

Bir paytlar mutlaq qashshoq mamlakat bo‘lgan Koreya Respublikasi tashqi dunyoga ochilish, iqtisodiyotini liberallashtirish va xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish orqali iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishdi. Ushbu tajribaga asoslanib, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning islohotlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda bundan keyin ham respublikani ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlantirishda mamlakatingiz bilan alohida strategik sherik sifatida yaqindan hamkorlik qiladi.

– Bizning davlatlarimiz uchun iqtisodiy rivojlanish va o‘sish tashqi hamda ichki siyosatning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekiston xorij investitsiyasi uchun eshiklarini ochmoqda, eksport salohiyatini oshirmoqda, yanada kengroq kooperatsiyaga erishish hamda savdo aloqalarini chuqurlashtirishga intilmoqda. Siz ushbu sohalarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari haqida qanday fikr bildira olasiz? Nima o‘zaro aloqalarni faollashuvini rag‘batlantirishi yoki ularga to‘sqinlik qilishi mumkin?

– Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari 2016-yilda Prezidentlik lavozimiga kirishganidan buyon dadil islohotlar va ochiqlik siyosatini yuritib, O‘zbekistonni mutlaqo yangi mamlakatga aylantirdi.

Valyuta siyosatini liberallashtirish, bojxona to‘lovlarini kamaytirish va davlat korxonalarini tarkibiy o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan bozorni liberallashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar O‘zbekiston iqtisodiyotini jonlantirish va investitsiyaviy muhitni yaxshilashga yordam berdi. Xususan, o‘tgan yili to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 96,4 foizga o‘sib, 7,68 milliard dollarga yetdi.

Koreya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatganidan beri avtomobilsozlik, energetika, maishiy texnika, to‘qimachilik, moliya, telekommunikatsiyalar va boshqa yo‘nalishlardagi iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirdi.

2019-yilda ikki tomonlama munosabatlar Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan alohida strategik sheriklik maqomini oldi va o‘tgan yil o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi rekord darajadagi 2,46 milliard dollarga yetdi. Ayni damda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar har qachongidan ham o‘zaro manfaatli mazmun kasb etgan.

Bugun dunyo murakkab global inqirozga yuz tutayotgan ekan, men bunday vaziyatni o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni yanada diversifikatsiya qilish va chuqurlashtirish, jumladan, muhim foydali qazilmalarni yetkazib berish zanjirini rivojlantirish uchun imkoniyat deb hisoblayman. Ushbu tashrif chog‘ida hukumatlarimiz va biznes vakillari o‘rtasidagi muzokaralarning amaliy natijalarini ko‘rishga umid qilaman.

– Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash vositasida Markaziy Osiyoni jipslashtirish va uning salohiyatini yuksaltirishga intilmoqda. Buning samarasida Markaziy Osiyo xalqaro maydonda tobora muhim hamkor va faol xalqaro kuchga aylanib bormoqda. Sizning fikringizcha, ushbu jarayonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarga qanday ta’sir qilmoqda?

– Bizga ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari mintaqadagi qo‘shnilar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlashni mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilab, mintaqaviy hamkorlikda yetakchi o‘rin tutmoqda. 2018-yilda uning tashabbusi bilan har yili o‘tkaziladigan format – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari tashkil etildi. Biz, shuningdek, O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegara va suvdan foydalanish masalalariga to‘g‘ri yechim topayotganini, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarida faol ishtirok etayotganini tan olamiz va e’tirof etamiz.

Markaziy Osiyo geografik jihatdan Osiyo va Yevropa tutashgan hududda joylashgan bo‘lib, boy tabiiy resurslar, jumladan, nodir foydali qazilmalarga ega, uning strategik va iqtisodiy ahamiyati jadallik bilan oshib bormoqda. Ayni jihatlar mintaqa mavqeining oshishiga hamda so‘nggi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro maydonda e’tirof etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Markaziy Osiyo bilan hamkorlikning muhimligini hisobga olib, tashrifimdan biroz oldin bizning hukumat “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo K SILK ROAD (R.O.A.D) hamkorlik tashabbusi”ni e’lon qildi. Ushbu tashabbus mamlakatimiz va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi 30 yillik munosabatlar tajribasiga asoslanmoqda va jadallik bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyatga javoban yangi hamkorlik rejasini taqdim etmoqda.

Ushbu tashabbus Koreya Respublikasining mintaqangizga qaratilgan birinchi strategiyasi bo‘lib, Koreya va Markaziy Osiyoda erkinlik, tinchlik va farovonlikni birgalikda barpo etish maqsadida “yonma-yon” (birgalikdagi yo‘l) rivojlanish, “sa’y-harakatlarni birlashtirish” (konvergensiya) hamda “innovatsiya va ijodkorlik” (kreativlik) tamoyillariga asoslanadi.

Xususan, u energetika va resurslar sohasida strategik sheriklikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun taraqqiyotga yo‘naltirilgan hamkorlikni modernizatsiya qilish, kelajakdagi farovonlik yo‘lida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va bunga erishish uchun hukumatlar, biznes va fuqarolar o‘rtasida uyg‘un hamkorlik tarmog‘ini mustahkamlashga qaratilgan.

Kelgusida Koreya Respublikasi hukumati Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan Markaziy Osiyo strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar va yaqin hamkorlikni davom ettiradi. Ayni paytda mintaqadagi asosiy hamkor va birodar davlat bo‘lgan O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli va kelajakka yo‘naltirilgan hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

– O‘zbekistonda aholining katta qismini tashkil etuvchi 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar kamoloti, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim, fan va yuqori texnologiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

– Koreya Respublikasi va O‘zbekiston bir-biridan uzoq masofada joylashgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi ilm-fan va texnologiyalarning ilg‘or yutuqlarini o‘zaro almashish jarayoni qadim va do‘stona tarixga borib taqaladi.

O‘rta asrlarda Ipak yo‘lining markazi sanalgan Samarqand shahridagi Ulug‘bek rasadxonasida tuzilgan astronomik jadvallar Koreya yarim oroliga ham yetib borgan va XV asrda o‘ziga xos koreys taqvimining yaratilishiga asos bo‘lgan.

Oradan 600 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, bugun Koreya va O‘zbekiston hukumatlari birgalikda O‘zbekistonda kimyoviy texnologiyalar markazini (UzCCT) yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu muassasa Koreya kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) tajribalari asosida mamlakatda kimyoviy texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalarni nazorat qiluvchi ilmiy-tadqiqot markazi maqomiga ega bo‘ladi.

2023-yildan buyon 12 nafar o‘zbekistonlik yosh magistrant va doktorant Koreya fan va texnologiyalar universiteti hamda Koreya kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida tashkil etilgan oliy maktabda ilg‘or texnologiyalar asosida tahsil olmoqda. Bu yoshlar O‘zbekistondagi kimyo-texnologiya markazini boshqaradigan va ikki tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ega tadqiqotchilarning yangi avlodi bo‘lib yetishadi.

Bizning mamlakat O‘zbekiston bilan ilg‘or fan va texnologiyalar, jumladan, AKT, sun’iy intellekt uchun yarimo‘tkazgichlar sohasida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar hamda gumanitar almashinuvlar yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlab, birgalikda Markaziy Osiyoda insoniyatni ilmiy va texnologik yutuqlarga yetaklovchi yuqori texnologiyali xab barpo etish va XXI asrning innovatsion Ipak yo‘lini yaratishga umid qilmoqda.

Bundan tashqari, aminmanki, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar davrida har ikki mamlakatning kelajak avlodlari bir-biri bilan turli g‘oyalar va qadriyatlarni erkin almashishlari mumkin bo‘lgan o‘zaro mushtarak dunyoda yashaydilar. Koreya Respublikasi yoshlarimizning raqamlashtirish sohasiga moslashishiga yordam berish maqsadida raqamli ta’limdagi innovatsiyalarni faol qo‘llab-quvvatlaydi.

Misol uchun, biz 2025-yildan boshlab maktablarda qo‘llaniladigan milliy darajadagi "Sun’iy intellekt bilan raqamli darslik" dasturini ishlab chiqqan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldik. Bu o‘quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib ta’lim olish imkonini yaratadi. Shuningdek, biz raqamli texnologiyalardan foydalangan holda o‘quvchilarni o‘qitish uchun o‘qituvchilarning intensiv tayyorgarligiga e’tibor qaratyapmiz.

Koreya Respublikasi sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohasida yetakchi davlat sifatida O‘zbekiston bilan istiqbolda ta’lim jarayonlariga integratsiyalashgan innovatsiyalar va raqamli ta’lim modellari namunalari borasida o‘rtoqlashish orqali ham hamkorlik qiladi.

 

 

 


O‘zbekiston


														
														Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026

														
														Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026

														
														Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026

														
														Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026

														
														Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026

														
														Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026

														
														Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026

														
														Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026

Bu ham qiziq

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metropolitenining kelgusida quriladigan yangi liniyalari va bekatlarida poyezdlarning keliş hamda ketiş vaqtini aniq…
09:54 / 04.11.2026
Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoro viloyatida 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi esa hozirgaça iş topmagan. Viloy…
11:55 / 04.11.2026
4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!