2021-yilda O‘zbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 333 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, 2021-yilda import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
– Rossiya – 102,3 tonna;
– Italiya – 95,2 tonna;
– Braziliya – 49 tonna;
– Vyetnam – 23,2 tonna;
– Belarus – 17,6 tonna;
– Turkiya – 8,2 tonna;
– Kolumbiya – 7,7 tonna;
– Germaniya – 6,3 tonnani tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, kofe mahsulotlari importi 2020-yil bilan solishtirilganda 2,7 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!