$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan “Surxon–Puli-Xumri” elektr tarmog‘i qurilishini muhokama qildi

13:34 / 31.12.2021

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” korxonasida Afg‘onistonning DABS kompaniyasi delegatsiyasi ishtirokida “500 kilovattli Surxon–Puli-Xumri” investitsiya loyihasi masalalari muhokama qilingan. Bu haqida korxona matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 25–30 dekabr kunlari Da Afghanistan Breshna Sherkat kompaniyasining bosh direktori Hofiz Muhammad Amin Foruqiy boshchiligida Afg‘oniston delegatsiyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, delegatsiya tashrifidan maqsad Afg‘oniston hududida “500 kilovattli Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida muzokaralar o‘tkazishdan iborat. Loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 18-fevraldagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, loyiha Osiyo taraqqiyot bankining grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Elektr uzatish tarmog‘ining umumiy uzunligi 245,6 kilometrni tashkil etadi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Afg‘oniston bilan qo‘shnichilik munosabatlarni yaxshilash, Afg‘oniston iqtisodiyoti rivojlanishiga, xalqining turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shishdan iborat. Shuningdek, Afg‘onistonga elektr energiya eksportini oshirish hamda Afg‘oniston energetika tizimini O‘zbekiston va Markaziy Osiyo energetika tizimiga ulash uchun texnik sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida O‘zbekiston tomonidan — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” korxonasining o‘z mablag‘lari hisobidan 500 kilovatt kuchlanishli “Surxon” podstansiyasidan o‘zbek-afg‘on chegarasi (Amudaryo daryosi)gacha 45 kilometr uzunlikdagi 500 kilovatt elektr uzatish tarmog‘i qurib bitkazilgan. Afg‘oniston hududida loyihaning 201 kilometr uzunlikdagi qismining qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!