$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston — Germaniya: parlamentlararo aloqalar yanada rivojlanadi

19:40 / 07.01.2022

2022-yil 7-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida A.Saidov T.Klinnerni elchi etib tayinlangani bilan qutlab, mas’uliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida unga muvaffaqiyat tilagan.

Mehmonga O‘zbekistonda keyingi yillarda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, Oliy Majlisning qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, fraksiyalar, qo‘mitalar va komissiyalar ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida axborotlar taqdim etilgan.

Xabarda keltirilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlar qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish masalalari muhokama qilingan.

O‘z navbatida Tilo Klinner samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston-Germaniya aloqalari xususan, parlamentlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda bor imkoniyatini ishga solishini aytib o‘tgan.

Muloqot yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.


Bu ham qiziq

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!