$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

09:39 / 09.12.2022

Kecha, 8-dekabr kuni genetika sohasining yetakchi namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich 92 yoshida vafot etdi. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

A.Abdullayev 1930-yilning 13-iyulida Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1952-yili O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatib, mehnat faoliyatini O‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti O‘rta Osiyo tajriba stansiya kichik ilmiy xodimi lavozimida boshlagan. 1961-yilda nomzodlik, 1973-yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.

“Iste’dodli olim o‘zining qariyb 70 yillik ilmiy faoliyati davomida Fanlar akademiyasida fidoyilik bilan mehnat qildi. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik, katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, direktori, O‘zRFA Prezidiumining qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘limi raisi hamda umrining so‘nggi kunlarigacha instituti bosh ilmiy xodimi lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shdi”, – Prezident matbuot xizmati xabarida.

A.Abdullayev ilmiy faoliyati davomida g‘o‘za genetikasining fundamental asoslarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan. Olim yaratgan ilmiy maktab asosida g‘o‘zaning bir qator yangi navlari kashf etildi hamda genetika seleksiyasida g‘o‘zaning yovvoyi turlaridan foydali donorlar sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan. Mamlakatimiz paxtachilik ilm-fani rivojining fundamental asosi va milliy boyligi bo‘lgan g‘o‘za genlari kolleksiyasining asoschilaridan biridir.

U 600 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 10 dan ortiq monografiyalar muallifi hisoblanadi. Ilmiy maqolalarining 300 dan ortig‘i xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan zahmatkash olimning bevosita rahbarligida 20 dan ortiq fan doktori va 40 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.

Akademik A.Abdullayevning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” (1980), “Mehnat shuhrati” ordeni (2003) “O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti” (2011) sohibi hisoblanadi.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!