$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston importida mashina va uskunalar ulushi yuqoriligicha qolmoqda

18:13 / 27.12.2021

Joriy yil 9 oyida O‘zbekistonning tovarlar importidagi asosiy ulush 26,3 foiz bilan “mashinalar, uskunalar, mexanizmlar” importiga to‘g‘ri kelmoqda – 4,7 mlrd. dollar ( bu boradagi ko‘rsatkich 2020-yilning 9 oyida 4,4 mlrd. dollarni tashkil qilgan).

Shuningdek:

– “qimmatbaho bo‘lmagan metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar” – 2,3 mlrd. dollar (2020-yil  9 oyida 1,8 mlrd. dollar);

– “kimyo sanoati mahsulotlari”– 2,1 mlrd. dollar  (2020-yil 9 oyida 1,7 mlrd. dollar);

– “transport uskunalari” – 2,1 mlrd. dollar  (2020-yil 9 oyida 1,6 mlrd. dollar);

– “mineral mahsulotlar” –1,2 mlrd. dollar  (2020-yil 9 oyida 934 mln. dollar);

– “plastmassalar va ulardan buyumlar” – 953 mln. dollar (2020-yil 9 oyida 763 mln. dollar);

– “kelib chiqishi o‘simlikka mansub mahsulotlar” – 674 mln. dollar (2020-yil 9 oyida 595 mln. dollar) kabi guruhlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Yuqoridagilarning jami tovarlar importidagi ulushi 78 foizni tashkil qildi  (2020-yil 9 oyida 81 foiz).

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida asosiy savdo hamkorlar bilan tovarlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga o‘sishi kuzatilgan. Xususan, Turkiya 87 foizga, Qozog‘iston 40 foizga, Rossiya 22 foizga oshgan.

Bunda, asosiy hamkor mamlakatlarning jami importdagi ulushi 71 foizni tashkil qilib, Rossiya – 22 foiz, Xitoy – 20 foiz, Qozog‘iston – 11 foiz,  Turkiya – 9 va Koreya Respublikasi – 7 foizdan tashkil qildi. (2020 yil 9 oyida mazkur mamlakatlarning jami importdagi ulushi 72 foizni tashkil qilib, ularning har biri mos ravishda – 22 foiz, 22 foiz, 10 foiz, 6 foiz va 10 foizga teng bo‘lgan).

Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlarining importdagi ulushi 24,8 foizdan 24,1 foizga kamaygan bo‘lib, mazkur o‘zgarish import hajmida asosiy savdo hamkorlari ulushining ko‘payishi bilan bog‘liqligi aytildi.  

Eslatib o‘tamiz, mamlakatga import qilingan mashinalar, uskunalar, mexanizmlarning jami import tovarlaridagi ulushi 2018-yilda 33,1 foiz, 2019-yilda 49,4 foiz va 2020-yilda 30,4 foizni tashkil qilgan.


Bu ham qiziq

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!