O‘zbekiston so‘nggi 3 oy davomida Xitoydan 6,7 ming tonna choy import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 11 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,2 ming tonna choy xarid qilingan.
Choy importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 6,7 ming tonna;
Keniya – 542 tonna;
Rossiya – 359 tonna;
Eron – 139 tonna;
Indoneziya – 114 tonna;
Hindiston – 88 tonna;
Vyetnam – 77 tonna;
Shri-Lanka – 65 tonna;
BAA – 57 tonna;
Qozog‘iston – 47 tonna;
Pokiston – 22,5 tonna;
Turkiya – 22,5 tonna;
Germaniya – 1,4 tonna.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!