$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ferromolibden ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

12:00 / 27.09.2023

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ferromolibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xabar berdi.
 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida ilk bor ferromolibden ishlab chiqarish texnologiyasi joriy etildi va to‘liq ishga tushirildi.
 
 
Bunda ferromolibden mahsuloti molibden ishlab chiqarishda paydo bo‘ladigan molibden tarkibli chiqindilarni qayta ishlash asosida olinmoqda.
 
Aytilishicha, Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida yangi texnologiya joriy etilib, ferromolibdenni kukun holatida ishlab chiqarish orqali uning yuqori sifatli bo‘lishiga erishildi.
 
“Buning asosida oyiga 2000 kg ferromolibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 5500 kg hajmda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yetkazib berildi. Bugungi kunda ichki va tashqi bozorlar, jumladan Yaponiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Xitoy, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi bozorlari o‘rganilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini 2030-yilga qadar rivojlantirish dasturiga muvofiq 2025-yilga kelib 170 mlrd so‘m qiymatda ferromolibden mahsulotini ishlab chiqariladi.
 
Ma’lumot uchun, ferromolibden 50-70% molibdenni o‘z ichiga olgan qotishma hisoblanadi. U zanglamaydigan, issiqlikka chidamli, rangli metallarning og‘ir qotishmalari, maxsus turdagi po‘latlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
 
Quyma temirga qo‘shilganda uning kuchini oshiradi. Ferromolibden qo‘shimchalari po‘latning xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilab, nozik kristalli tarkibning bir xilligi, qizib ketishga qarshiligi va qattiqligini, shuningdek, metallarning kislotaga bardoshligini oshiradi.
 
Dunyo tajribasida ferromolibden qum asosiga o‘rnatilgan eritish moslamasida, kuygan molibden konsentratidan molibdenni metall qaytaruvchi vosita bilan aralashmada yuklash va eritish orqali metallotermik usul orqali olinadi.

Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!