$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlar qasamyod qabul qildi

10:01 / 25.09.2023

Kecha, 24-sentyabr kuni joriy yilda Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali “Vatanga qasamyod” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, erta tongdan Qurolli Kuchlar akademiyasida mazkur oliy harbiy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga yangi qabul qilingan kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Tantanali tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar, ota-onalar va kursantlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar kursantlarni ona Vatanni qoʻriqlash kabi sharafli kasbni egallash yoʻlidagi ilk qadamlari bilan qutladi.

Shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida kursantlar Vatanga qasamyod keltirish uchun saf tortdi. Marosimda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xalmuxamedov ishtirok etdi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham “Vatanga qasamyod” tantanalari yuqori saviyada oʻtkazildi.

Aloqa institutidagi marosimda keng jamoatchilik vakillari yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yoʻlidagi islohotlar haqida gapirar ekan, barchaning oʻqish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Kursantlar davlatimizning muqaddas ramzi boʻlgan bayroqni oʻpib, buyuk ajdodlarning pok ruhlari oldida, Vatani oldidagi burchini halol bajarishga bel bogʻlab, vijdoni, or-nomus va shaʼnini oʻrtaga qoʻyib, Oʻzbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq boʻlishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda ont ichdi.


Bu ham qiziq

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!