$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston OTBdan 162 mln dollar qarz oladi

10:49 / 16.12.2021

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston g‘arbidagi yirik shahar markazlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, temir yo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 million dollarlik kredit ajratishni ma’qulladi.

Loyiha Buxoro, Miskin, Urganch va Xorazm viloyatidagi YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shaharlarini bog‘lovchi yo‘lni elektrlashtiradi. Bu soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlarning harakatlanishi, Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish, poytaxt Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkonini beradi.

“Ishonchli va xavfsiz transport infratuzilmasi iqtisodiy o‘sishning asosiy omili hisoblanadi, ayniqsa dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekistonda. OTB loyihasi Xorazm viloyatini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratishga, Covid-19 pandemiyasi sharoitida turizmni tiklashga yordam beradi va mamlakatni mintaqaviy tranzit markazi sifatida yanada mustahkamlaydi”, – deydi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

“Buxoro-Xiva” liniyasi elektrlashtirilgach, yillik yo‘lovchi tashish hajmi joriy yilda 280 ming yo‘lovchidan 2026-yilga kelib 1 million yo‘lovchidan ko‘proqqa oshishi kutilmoqda. 2026-yilga borib yuk tashish hajmi yiliga jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilyapti.

Hukumat, shuningdek, Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankidan 108 mln dollar miqdorida kredit so‘ragan. Buni bank boshqaruv kengashi ma’qullagan. OTB ushbu kreditni qisman boshqaradi.

Qayd etilishicha, OTB temir yo‘l operatsiyalari va boshqaruvi bo‘yicha tanlangan ayollarni o‘qitish kabi asosiy gender tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 000 AQSh dollari miqdoridagi texnik yordam grantini taqdim etadi.

 


Bu ham qiziq

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!