$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston – Ozarbayjon savdo va investitsiyaviy hamkorligining yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

15:07 / 25.12.2022

Kecha hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida Boku shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan uchrashuvda investitsiyaviy, savdo va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning keng kun tartibi ko‘rib chiqildi.

“Uchrashuv avvalida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar rivojidagi ijobiy dinamikani va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasiga buyurgan davlat tashrifining muhim natijalarini hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirishga kuchli turtki bo‘lganini qayd etdilar”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Uchrashuvda savdo aloqalarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kelgusi 5 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga o‘zaro tayyorlik bildirilgan va bu borada bir qator aniq amaliy chora-tadbirlar kelishib olingan.

Ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini hamda istiqbolli investitsiya loyihalarining “road-shou”si bilan birga O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlari birinchi forumini 2023 yil boshida Toshkent shahrida tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Suhbat chog‘ida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ya’ni qo‘shma ipakchilik va to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, mashinasozlik, kimyo, neft-kimyo va zargarlik sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan aniq amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni ilgari surish va ikki tomonlama sheriklikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga sodiqligini bildirgan.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!