$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi

16:05 / 27.12.2021

Joriy yil 27-dekabr kuni xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Latviya Respublikasi elchisi Reynis Troksha, Vengriya elchisi Dyula Kovach, Fransiya Respublikasi elchisi Oreliya Bushez va Saudiya Arabistoni Podshohligi elchisi Yusuf al-Utaybiydan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabriklagan.
O‘zbekiston xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratayotgani ta’kidlangan.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatda demokratik yangilanishlarni davom ettirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida kompleks islothotlarni amalga oshirishda izchillikni ta’minlash yo‘lida qat’iy ekanini qayd etgan.
Taraqqiyot strategiyasida har bir fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, erkin va  ochiq jamiyat, xalqchil davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilangan.

O‘zbekistonni 2030-yilga borib aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan mamlakatga aylantirish asosiy vazifadir. Shu maqsadda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investisiya va texnologiyalarni keng jalb etishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya bundan buyon ham davom ettiriladi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va sheriklik aloqalarini mustahkamlab borish ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Rossiya, Xitoy, AQSH, shuningdek, Yevropa, Janubiy Osiyo, Osiyo-Tinch okeani va Yaqin Sharq davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, biz dunyoga, dunyo esa bizga ochiq bo‘lishi kerak – bu bugungi taraqqiyotning asosiy talabi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi aytilgan.
Mintaqaning ajralmas qismi sifatida qaralayotgan Afg‘onistondagi vaziyatning tartibga solinishini Shavkat Mirziyoyev  xavfsizlikni ta’minlashning eng muhim omili, deb atagan. O‘zbekiston yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan ushbu mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yo‘l qo‘ymaslik, tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashish uchun xalqaro hamjamiyat bilan keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor, degan Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga to‘xtalib o‘tgan.
Latviya O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli va muhim sherigi bo‘lib, uzoq yillardan buyon mamlakatimizning Boltiq va Skandivaniya bozorlariga chiqishida ko‘maklashib kelmoqda.
Davlatlarimiz o‘rtasida an’anaviy do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlar qaror topgan. Latviya Respublikasi xalqaro tashkilotlar va Yevropa Ittifoqi doirasida mamlakatimizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Shu bilan birga, hamkorlikni rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjud. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlarning salohiyatidan samarali foydalanish, transport, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, to‘qimachilik sanoati, turizm sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni faol ilgari surish zarurligi ta’kidlangan.
Latviya yuqori darajadagi delegasiyalarining 2022-yilga rejalashtirilgan O‘zbekistonga tashriflari hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Mirziyoyev Vengriya bilan ko‘p asrlik tarixiy yaqinlik va xalqlarimizning qardoshlik rishtalariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning joriy yil mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston-Vengriya hamkorligi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi konstruktiv muloqotning davom ettirilishi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi. Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Hududlararo hamkorlik mexanizmi yaratildi. Joriy yil iyun oyida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Sentyabr oyidan boshlab Vengriya oliy ta’lim dargohlarida “Xungarikum” dasturi doirasida o‘zbekistonlik talabalar tahsil ola boshladi.
Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, mashinasozlik, farmasevtika, logistika, turizm kabi muhim sohalarda hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Ulkan xalqaro nufuz va salmoqli iqtisodiy salohiyatga ega Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim sheriklaridan biridir.
2018-yil oktyabrda Fransiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif hamda joriy yil avgust oyida Prezident Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotlar O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qildi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekistonda Fransiya kompaniyalari bilan birgalikda qator o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyatida “Renault” avtomobillarini ishlab chiqarish, “EDF” bilan birgalikda energetika obyektlarini, “Veolia” ishtirokida kommunal infratuzilmani modernizasiya qilish,  “Total Eren” bilan hamkorlikda quyosh elektr stansiyasini qurish shular jumlasidan.
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyiha va dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni yuqori baholagan. O‘zbekistonda innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, aviasozlik, tog‘-kon sanoati, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, 2022-yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning 2022-yilning birinchi yarmida YeI Kengashiga raisligi davrida O‘zbekistonning Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama aloqalari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.
Saudiya Arabistoni nafaqat arab-musulmon olamida, balki butun dunyoda katta nufuzga va moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lib, O‘zbekistonning muhim hamkoridir.
Ikki muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon Ol Saud va Valiahd Muhammad Ol Saud bilan uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishladi, degan Prezident.
Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal va Investisiya vaziri Xolid al-Falihning joriy yilda mamlakatimizga amalga oshirgan tashriflari O‘zbekiston-Saudiya hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga muhim hissa qo‘shdi.

Prezident mamlakat hududlarida Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda energetika sohasida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ham salmoqli moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Saudiya kompaniyalari bilan yangi loyihalarni ilgari surish muhim ekani ta’kidlangan.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi yakunida O‘zbekiston Prezidenti xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Diplomatlar samimiy qabul va samarali faoliyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayrati, bilimi va professional tajribasini qaratishlarini qayd etganlar.
 


Bu ham qiziq

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026
Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 …
15:25 / 04.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!