$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston qonunchiligiga “Sovg‘a siyosati” tushunchasi kiritiladi

15:07 / 04.12.2021

So‘nggi paytlarda davlat idoralari, ayniqsa, mahalliy hokimliklarga tadbirkorlar tomonidan homiylik sifatida turli qimmatliklar, shuningdek, ishlar va xizmatlar beg‘araz taqdim etilayotganligi, davlat va shaxsiy masalalar aralashib ketayoganligi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilayotganligi holatlari kuzatilmoqda.  Bunga nisbatan aksariyat hollarda jamoatchilik salbiy munosabat bildirmoqda. Bunday masala ko‘tarilayotganligining o‘zi  juda katta ijobiy o‘zgarish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, Agentlik bu boradagi munosabatlarni normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solishni rejalashtirmoqda.

“Davlat rahbari tomonidan davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha Agentlik zimmasiga aniq vazifalar yuklatilgan. Shu maqsadda ishlab chiqilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga “Sovg‘a siyosati” nomli alohida bob kiritildi. Unda davlat xizmatchilari qabul qiladigan sovg‘alarning miqdori va tartiblari qat’iy belgilanmoqda”, – deyiladi Agentlik munosabatida.

Bundan tashqari, davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik (nepotizm) kabi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish, bunday holatlarga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham ishlab chiqilgan va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

“Hozirda Germaniya tajribasi asosida homiylik bilan bog‘liq munosabatlarni ham yanada takomillashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda”, – deyiladi Agentlik ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqaro Ziyoda Latipovaning Toshkent shahar hokimiyatiga bahosi qariyb 250 ming AQSh dollari bo‘lgan Mercedes Benz avtomobilini sovg‘a qilgani haqida ma’lum qilingan edi.


Bu ham qiziq

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!