$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri BAAdagi Milliy meteorologiya markaziga bordi

11:11 / 25.06.2023

“WAM” axborot agentligi xabar qilishicha, BAAda tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va unga hamrohlik qilgan delegatsiya Milliy meteorologiya markaziga ham borgan.

Mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari meteorologiya imkoniyati va infratuzilmasi bilan tanishdi, bosh prognozlash, iqlim bo‘limi, mutaxassislar malakasini oshirish markazini ko‘zdan kechirdi. Ob-havo ma’lumotini kuzatish tizimi, yuqori samarador kompyuter infratuzilmasi va axborotni tahlil qiladigan ilg‘or vositalar majmuasi kabi obyektlar bo‘ylab keng qamrovli ekskursiya doirasida markaz tomonidan qo‘llanayotgan eng so‘nggi texnologiya, metodologiya mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.


B.Saidov BAAning sun’iy yomg‘ir hosil qilish va suv resurslarini boshqarishga doir ilg‘or tajribani diqqat bilan kuzatdi. Mintaqadagi ilk to‘rt o‘lchovli ilmiy gumbazda yerning shakllanishiga bag‘ishlangan interaktiv taqdimotning guvohi bo‘ldi.

U BAA meteorologiya sohasida erishgan yutuqlarni, markazning texnik imkoniyati va zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi, bu mamlakatning ayni sohada ham eng so‘nggi texnologiyalar, eng yaxshi xizmatlar taqdim etishga intilishidan dalolat berishini ta’kidladi.

Baxtiyor Saidov BAA iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vaziri Maryam Almayriy bilan ham uchrashdi.
- Suv tanqisligi muammosini bartaraf etish, suvni chuchuklashtirish, biologik xilma-xillikni himoya qilish, yangi daraxtzorlar barpo etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda BAAning mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga alohida e’tibor qaratdik, - dedi respublikamiz TIV rahbari.


Bu ham qiziq

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!