$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston va Qozog‘iston tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd. AQSh dollarga yetkazmoqchi

20:03 / 30.12.2021

Kecha, 29-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Asqar Mamin o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazilgan.

Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari (6-dekabr), shuningdek, Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 19-yig‘ilishi (26-noyabr) davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilgan.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, tranzit-transport, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Markaziy Osiyodagi mintaqaviy savdoning qariyb 70 foizi Qozog‘iston va O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021-yilning 10 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3,26 milliard AQSh dollarni tashkil etdi, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 29,8 foizga, 2019-yilning 10 oyiga nisbatan 10,6 foizga ko‘pdir.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini qisqa muddatda 5 milliard AQSh dollarga, o‘rta muddatli istiqbolda esa 10 milliard AQSh dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

“Yil yakunlari bo‘yicha, biz muhim natijalarga, muhim kelishuvlarga erishdik. Mamlakatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik rivojlanishning yuqori sur’atini ko‘rsatmoqda”, — degan. A.Mamin.


Bu ham qiziq

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!