Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hukumati Raisi Mixail Mishustinning salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.
Tomonlar qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirish, infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza va davlat xaridlari bo‘yicha tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!