Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘lganligi haqida xabar qilingandi. Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borganida 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgani aniqlangan. Yong‘in soat 16:07 da o‘chirilgan.
Manzilda 6 nafar fuqaro qutqarilib tez tibbiy yordam xizmatiga topshirgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida hozirda ma’lumot kelib tushmadi. Hozirgi vaqtda hodisa sodir bo‘lgan manzildagi yuqori qavatli uyda hayot faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan birlamchi ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda fuqaro oshxonada gaz plitasini yoqish orqali o‘z joniga qasd qilishga uringan. Natijada gaz havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lib yong‘in kelib chiqqandan so‘ng ushbu fuqaro 9-qavatdan o‘zini tashlash orqali halok bo‘lgani aniqlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!