$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Oʻzbekistonda 1 009 ta koʻprik inshootlari avariya oldi va avariya holatida, 5 930 tasi taʼmirtalab ahvolda ekanligi maʼlum boʻldi

09:34 / 26.11.2021

2021-yil 25-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jamshid Tursunovning “Taʼmirtalab koʻpriklarni taʼmirlash ishlarining amalga oshirilgan holati toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda yoʻl-transport sohasida soʻnggi besh yil davomida 653 ta yirik koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning qurilib, 907 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan.

2021-yil 1-mart holatiga respublikada 14 755 ta koʻprik inshootlari mavjudligi, shundan 3 324 tasi koʻprik inshootlari idoraviy mansub tashkilotlarga biriktirilmaganligi, 1 009 tasi koʻprik inshootlari avariya oldi va avariya holatida ekanligi, 5 930 tasi koʻprik inshootlari taʼmirtalab ahvoldaligi aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, amaldagi dasturlarga muvofiq joriy yilda 37 ta umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridagi koʻprik inshootlarida qurish va rekonstruksiya qilish ishlari, 107 ta umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridagi koʻprik inshootlarida kapital va joriy taʼmirlash ishlari, 71 ta shahar koʻchalari va ichki yoʻllardagi koʻprik inshootlarida qurish va rekonstruksiya qilish ishlari, 113 ta shahar koʻchalari va ichki yoʻllardagi koʻprik inshootlarida kapital va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda koʻprik inshootlarini joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha 10 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotda qoʻllanila boshlangan.

Eshituvda keltrilishicha, bugungi kunda koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar qurilishi sohasida yangi texnologiyalar, jumladan koʻprikning oraliq qurilmasini monolit betondan barpo etish texnologiyasi qoʻllanilmoqda. 

Ushbu texnologiyaning afzalligi koʻprik oraliq qurilmalarini zavod sharoitida yigʻma temir-betondan tayyorlashning oldi olinib, ortiqcha zavod xarajatlari va transport xarajatlarining tejalishiga olib keladi.


Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!