$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

09:58 / 01.02.2025

Kambag‘al oilalar uchun vaucher tizimi

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi. Bu haqda davlat rahbarining “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining kasbiy ko‘nikmalar markazlarida 2025-yil 1-fevraldan boshlab ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi. 2025-yil 1-maygacha esa ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

“Ona maskani” xizmati

2024-yil 14-noyabrda prezidentning “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandi. Unda 2025-yil 1-fevraldan O‘zbekistonda “Ona maskani” xizmati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

“Onalar maskani”da:

– og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

– og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

– “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish va muqobil joylashtirish tartibi o‘zgaradi

Farmon bilan 2025-yil 1-fevraldan boshlab:

a) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash bo‘yicha:

– ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy holati va turmush sharoitlari “Inson” markazlari tomonidan kompleks baholanadi hamda baholash natijalari asosida bolalarning ijtimoiy maqomi belgilanadi;

– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganligi sababli oilasidan olingan bolalarning ijtimoiy maqomi va muqobil joylashtirish shakli belgilanguniga qadar ularni olti oygacha bo‘lgan muddatga oilaviy bolalar uyiga qisqa muddatli joylashtirish tartibi joriy etiladi;

– bolalarni muqobil joylashtirish shakllari bo‘yicha joylashtirish (bundan farzandlikka va tutingan oilaga olish mustasno) “Inson” markazlarining, oilaviy bolalar uyini tashkil etish va tugatish Agentlik hududiy boshqarmasining qarori asosida amalga oshiriladi;

– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tutingan oilaga “Inson” markazlari va bolani tarbiyaga olgan shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida joylashtiriladi. Bunda mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar tutingan ota-onalar bilan tuzilgan bitim va (yoki) bolani joylashtirish to‘g‘risida qabul qilingan qaror bolalar muqobil joylashtirish shakllari bo‘yicha joylashtirilgan muddat tugagunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.

b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni muqobil joylashtirish shakllaridan biri bo‘yicha olish istagini bildirgan shaxslarning hisobini yuritish bo‘yicha:

– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, bolalarni hamda ularni muqobil joylashtirish shakllaridan biri bo‘yicha olish istagini bildirgan shaxslarni hisobga olish “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida amalga oshiriladi;

– nomzodlardan arizalarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

– nomzodlardan talab qilinadigan ayrim turdagi hujjatlar “Inson” markazlari tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil olinadi;

– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning joylashtirilganligi, bolalar uchun ishlab chiqilgan individual rivojlanish va integratsiya rejalari hamda ularning ijrosi monitoringi natijalari bo‘yicha ma’lumotlar “YaMIH” ATga kiritib boriladi;

v) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish shakllari bo‘yicha:

– oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi hamda 30 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

– oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida e’tirof etiladi hamda ularga o‘z majburiyatlarini boshqa shaxslarga yuklashiga yoxud uchinchi shaxslarni jalb qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

– tutingan oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, shuningdek, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlaguniga qadar saqlab qolinadi.

Elektrotexnika sanoati rivojlantiriladi

2025-yil 22-yanvar kuni prezidentning “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi. Unda elektrotexnika sanoatini 2025–2027 yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

– bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;

– korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralgacha bojxona bojidan ozod etiladi.

Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma’muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:

– pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va Elektron kooperatsiya portalidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;

– zarur tovarlar portallarda mavjud bo‘lmasa, tasdiqlovchi ma’lumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi.

Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida elektron do‘kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

Bolalar bog‘chalarida davomat avtomatlashtiriladi

Bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olish, bolalarni navbatga qo‘yish va MTTga joylashtirish uchun yo‘llanmalarni shakllantirish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida amalga oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahrida pilot sinovi tariqasida, 2025-yil 1-iyuldan esa barcha davlat MTTda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomati, ish vaqti, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olish joriy etiladi.

“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga xizmat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishni UZINFOCOM MChJ tizim operatori amalga oshiradi, bunda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ota-onalar badalining 1 foizi yo‘naltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab xodimlar va bolalarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali nazoratga olishni yo‘lga qo‘yish uchun bolalar bog‘chalarini planshetlar va boshqa uskunalar bilan ta’minlash uchun davlat budjetidan kamida 50 milliard so‘m ajratadi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari ko‘payadi

Bu Vazirlar Mahkamasining “Respublikada 2024–2025-yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida keltirib o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari infratuzilmasi obyektlari loyihalarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, shu jumladan, ularga yaqin joylashgan to‘xtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi:

– avtoto‘xtash joylari, ijtimoiy obyektlar va davlat muassasalarida;

– savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar va ko‘p qavatli uylar yonida;

– avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida.

Yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, ko‘p kvartirali uy-joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kvt bo‘lgan stansiyalar o‘rnatiladi. Tadbirkorlar mavjud ko‘p kvartirali uy joylarning faqat avtoturargohlarida stansiyalar o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.

Yuqori tezlikdagi poyezd chiptalari narxi yana oshiriladi

O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘lovchi tashish xizmatlari bozor tamoyillariga o‘tkazilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yangi narx siyosati joriy qilinmoqda. 2025-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” va tezyurar yo‘lovchi poyezdlar chiptalari narxi oshiriladi.

“Afrosiyob” elektropoyezdi chiptalari toifalarga qarab quyidagicha oshiriladi:

VIP va Biznes toifa chiptalari 25 foizga;

Ekonom toifa chiptalari 20 foizga.

Tezyurar yo‘lovchi poyezdlar (“Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston”) uchun chipta narxlari 30 foizga oshadi.


O‘zbekiston


														
														20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mi…
09:25 / 25.10.2026

														
														Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘l…
09:20 / 25.10.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026

														
														30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026

														
														Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026

														
														"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

														
														60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026

														
														Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026

														
														Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

														
														AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026

Bu ham qiziq

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘l…
09:20 / 25.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mi…
09:25 / 25.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

JSSTning mazkur nufuzli mukofoti Birinchi xonim boshchiligida bolalar salomatligini himoya qilish borasida amalga oshirilayo…
12:32 / 23.10.2026
NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!