$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi  8,8 foizni tashkil etdi

11:45 / 12.08.2022

Oʻzbekistonda 2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi  8,8 foizni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

2022-yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy soʻrov oʻtkazildi. Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida oʻtkazilgan tadqiqot davomida 500 ta oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, 5,0 ming ta uy xoʻjaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi. 

2022-yilning 1-iyun holatida mehnat resurslari soni 19 453,3 ming kishini tashkil etib, 2021-yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizga yoki 153,7 ming kishiga oshgan. 

Iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlganlar soni 13 773,6 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga yoki 261,3 ming kishiga oshgan. 

2022-yilning 1-iyun holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 074,4 ming kishini tashkil qilib, 2021-yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band boʻlganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni 5 690,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan.

Bunda asosan, norasmiy tarzda faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolarning oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi hamda boʻsh turgan yerlarni ekin maydonlari sifatida dehqon xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun ajratib berilishi hisobiga erishilgan.

Shuningdek, xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2008,8 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 528,2 ming kishiga oshishi norasmiy bandlarni kamayishiga sabab boʻlgan.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 326,6 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida  8,8 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi 

14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz boʻldi.

2022-yilning 1-iyul holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 353,2 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  0,9 foizga yoki 38,8 ming kishiga ortishi kuzatildi. 

Bunda, ishlashni xohlamaydigan yoki darhol ishga joylashishga imkoniyati yoʻqlar oʻtgan yilga nisbatan 183,6 ming kishiga kamaygan boʻlsa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan talabalar hamda tugʻruq taʼtilidagi ayollar soni 222,4 ming kishiga oshgan.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!