$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 2026-yilning yakuniga qadar tibbiy sug‘urta to‘liq joriy etiladi

11:09 / 07.09.2023

O‘zbekiston bo‘ylab 2026-yilning yakuniga qadar tibbiy sug‘urta to‘liq joriy etiladi. Bu haqda 6-sentyabr kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vaziri va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijrochi direktori 2026-yilning yakuniga qadar tibbiy sug‘urtaning respublika bo‘ylab to‘liq joriy etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Shuningdek, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil etildi.

Institutning asosiy vazifalari:

sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining barqaror tibbiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

ilg‘or va maqbul xorijiy tajriba asosida sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish ssenariylari va strategiyalari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

tibbiy statistikani shakllantirish va yuritish, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tibbiyot sohasidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash borasidagi ishlarni takomillashtirish.

Shuningdek, 2024-2026-yillarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanishni tizimli targ‘ib qilish va ommalashtirish dasturi ishlab chiqiladi.

Hujjatga ko‘ra, uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuboriladi.

Bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yig‘iladigan boshqa joylarda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha roliklar namoyish qilinadi, radiomaslahatlar taqdim qilinadi va bukletlar tarqatiladi.

Qolaversa, xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalari ishtirokida 2023-yil yakuniga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi.


Bu ham qiziq

7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqu…
14:45 / 06.12.2025
JCh-2026. O‘zbekiston “K” guruhidan o‘rin oldi

JCh-2026. O‘zbekiston “K” guruhidan o‘rin oldi

AQSh, Kanada hamda Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Vas…
08:31 / 06.12.2025
Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.
14:30 / 06.12.2025
O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

8–10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
16:42 / 05.12.2025
O‘zbekiston JChdagi ikkita o‘yinni AQShda bittasini Meksikada o‘tkazadi

O‘zbekiston JChdagi ikkita o‘yinni AQShda bittasini Meksikada o‘tkazadi

Eslatib o‘tamiz, 5-dekabr, juma kuni Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston “K” guruhid…
08:44 / 07.12.2025
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qild…
17:39 / 05.12.2025
Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metropolitenida 16 ta bekatda kassalar yopilib, infokioskalar ishga tushiriladi.
14:13 / 06.12.2025
Suriyada qachon prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi?

Suriyada qachon prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi?

Suriyaning yangi konstitutsiyaga ko‘ra, to‘rt yildan so‘ng prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.
10:16 / 07.12.2025
Hindistondagi tungi klubda yong‘in chiqib, 23 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi tungi klubda yong‘in chiqib, 23 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Goa shtatidagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi.
12:46 / 07.12.2025
Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Tinch aholiga uyushtirilgan bu kabi yirik qatllar bor-yo‘g‘i 3 hafta ichida yuz bergan.
14:48 / 07.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!