$
11974.02 UZS
-20.08
₽
144.58 UZS
-1.21
€
13432.46 UZS
12.26
31° Kechasi 18°

Oʻzbekistonda 9 oy mobaynida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi

22:19 / 16.11.2021

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaygan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy soʻrov oʻtkazilgan. Tadqiqot davomida 500 ta oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xoʻjaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.  

2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida mehnat resurslari soni 19 322,8 ming kishini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan. Shundan, Iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlganlar soni 13 609,1 ming kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan.

2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 6 124,3 ming kishini tashkil qilib,  2020 -yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band boʻlganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatilgan. 

Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni esa 5 943,9 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254,0 ming kishiga kamaygan.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 413,7 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etgan. 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi — 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa — 12,8 foiz boʻlgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam soʻrab murojaat qilgan. Ularning, 302,0 ming nafari ish bilan taʼminlanib, (joriy yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan boʻlib), yillik dastur 107,4 foizga bajarilgan(shuningdek 2020 yilning mos davriga nisbatan 124 foizga oshdi). 

Xususan, sanoat sohasiga 62 ming, xizmat koʻrsatish va servis sohasiga 73,5 ming, qishloq xoʻjaligi sohasiga 28,4 ming, boshqa byudjet korxonalariga 138 ming nafar ishsizlar ishga joylashtirilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 203 ming band boʻlmagan aholi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularning ish haqi uchun 177 mlrd. soʻm mablagʻ toʻlab berilgan. 

Jumladan, 163,6 ming nafar ishsizlar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish ishlariga, 21 ming qishloq xoʻjaligi ishlariga, 10,7 ming byudjet korxonalariga,  4,6 ming sanoat va xizmat koʻrsatish korxonalariga, 17,1 ming boshqa yoʻnalishlarda tashkil etilgan jamoat ishlariga jalb etilgan.

Bundan tashqari, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 mlrd. soʻm ishsizlik nafaqasi tayinlangan va toʻlab berilgan.


Bu ham qiziq

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026
Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Keyingi uç yil davomida Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard d…
13:26 / 09.11.2026
Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!