$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda bojxona to‘lovining dastlabki qarorini olish tadbirkorlar uchun ixtiyoriy bo‘ldi

13:41 / 30.12.2021

O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan bojxona to‘lovi dastlabki qarorning qabul qilinishi tartibi belgilandi. 

Ma’lum qilinishicha, Davlat bojxona qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan.

Qabul qilingan nizomda manfaatdor shaxsning dastlabki qarorni olish uchun murojaat qilish tartibi belgilangan. Buning uchun manfaatdor shaxs bojxona organiga tegishli arizani yozma shaklda topshirish yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda yuborish huquqiga ega.

Shuningdek, nizom dastlabki qarorni qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va uni ko‘rib chiqishni rad etish tartibini o‘z ichiga oladi. Qabul qilingan barcha arizalar Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatga olinadi va ular ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Nizom arizalar ko‘rib chiqilmaydigan holatlarni ham belgilaydi.
Bundan tashqari, hujjatda dastlabki qarorni qabul qilish tartibi va uni qabul qilishni rad etish uchun asoslar keltirilgan. Dastlabki qaror bojxona organi rahbari (o‘rinbosari) tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yo‘li bilan qabul qilinadi.

Dastlabki qaror qabul qilinganidan so‘ng manfaatdor shaxsning telefon raqamiga dastlabki qaror qabul qilinganligi va bojxona yig‘imini to‘lash lozimligi haqida SMS-xabar yuboriladi.
Shu bilan birga, dastlabki qarorga o‘zgartirishlar kiritish va uni bekor qilish tartibi belgilangan. Agar bojxona organlari tomonidan qabul qilingan dastlabki qarorda bojxona qiymati va (yoki) bojxona to‘lovlari miqdoriga ta’sir etgan xatolar aniqlansa, shuningdek manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra yoki qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan dastlabki qaror o‘zgartirilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi. Bunda, bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda manfaatdor shaxsdan dastlabki qarorni taqdim etishni talab qilishga, shuningdek dastlabki qarorning mavjud emasligini asos qilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Biroq, bojxona organlari uchun dastlabki qaror majburiy hisoblanadi. Dastlabki qaror qabul qilingan kundan boshlab 90 kalendar kun davomida amal qiladi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!